
Senat axborot xizmati xabariga köra, majlisda qömita tomonidan 2021 yil 3 fevral kuni Içki işlar vazirligiga respublikaning barça hududlarida, xususan, Toşkent şahrida tilançilik qiluvçi şaxslar soni köpayib ketişining oldini oliş böyiça zarur çora-tadbirlar körilişini sörab yuborilgan murojaatiga javob ham körildi.
Qayd etilişiça, sönggi paytlarda aholi harakati gavjum bölgan köçalar, xiyobonlar, bozorlar va ularga tutaş hududlardagi avtotransport vositalarini vaqtinça saqlaş joylari hamda çorrahalarda tilançilik qilib kelayotgan şaxslar köplab uçramoqda.
“Bu esa, öz navbatida, tilançi şaxslar tomonidan fuqarolarning yurişiga qöymay, avtomobil yöllarida esa transport vositalari harakatlanişiga xavf tuğdirib, qat'iy turib sadaqa söraşi kişining ta'bini xira qilişi tabiiy. Bunday noxuş holatlar aholi kayfiyatiga salbiy ta'sir etib, ularning haqli e'tirozlariga sabab bölmoqda.

Biroq mamlakatimiz qonunçiligida aynan tilançilik qilganlik uçun ma'muriy va jinoiy javobgarlik masalasi belgilangan bölsa-da, uşbu normaning hayotda qat'iy işlamayotgani bunday şaxslarning kundan kun köpayib borişiga zamin bölmoqda”, deyiladi ma'lumotda.
Içki işlar vazirligining qömita xatiga bergan javobiga köra, Patrul-post, Yöl patrul xizmati hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi xodimlari tomonidan köçalar, xiyobonlar, bozorlar va ularga tutaş hududlardagi avtotransport vositalarini vaqtinça saqlaş joylari hamda avtomobil yöllarida hududiy içki işlar organlari tomonidan tegişli topşiriqlar asosida çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Natijada, yanvar va fevral oyining 20 kunlik davrida tilançilik bilan şuğullanib yurgan 131 nafar şaxsga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, ularga nisbatan 8 mln sömga yaqin jarima jazosi belgilangan hamda 1 nafar huquqbuzarga nisbatan ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib ötamiz, 2019 yil yanvar oyida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tilançilik uçun ma'muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etişni közda tutuvçi qonunni imzolagandi.
Aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat boğlarida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, şuningdek ularga tutaş hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtinça saqlaş joylarida, köçalarda, stadionlarda, bekatlarda, yöllarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros obektlari joylaşgan hududlarda, jamoat transportining barça turlarida va boşqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boşqa moddiy qimmatliklar berişni faol tarzda sörab, tilançilik bilan şuğullaniş tilançilik sifatida belgilandi.














