Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta'minlaş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni “Xalq sözi”da e'lon qilingan.

Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi qöşimçalar va özgartiş kiritildi:

1) 17-moddaning törtinçi qismi «127» raqamidan keyin «127-1» raqami bilan töldirildi;

2) 127-modda birinçi qismining dispozitsiyasidagi «tilançilikka» degan söz çiqarib taşlandi;

3) quyidagi mazmundagi 127-1-modda bilan töldirildi:

«127-1-modda. Tilançilik qiliş

Aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat boğlarida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, şuningdek ularga tutaş hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtinça saqlaş joylarida, köçalarda, stadionlarda, bekatlarda, yöllarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros obektlari joylaşgan hududlarda, jamoat transportining barça turlarida va boşqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boşqa moddiy qimmatliklar berişni faol tarzda sörab, tilançilik bilan şuğullaniş, şunday qilmiş uçun ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, –

ikki yuz qirq soatgaça majburiy jamoat işlari yoki ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud bir yilgaça ozodlikni çeklaş yoki bir yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Voyaga yetmagan şaxslarni, keksa yoşdagi şaxslarni, ruhiy kasalliklari, nogironligi bölgan şaxslarni va boşqa şaxslarni tilançilik qilişga jalb etiş, şuningdek şaxslarga alkogolli içimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar bölmagan, lekin şaxsning aql-idrokiga ta'sir körsatuvçi moddalarni majburan iste'mol qildirgan holda ularni tilançilik qilişga jalb etiş, şunday harakatlar uçun ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, –

eng kam oylik iş haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz oltmiş soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoki uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.