Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada giperinflatsiya fonida qiymati 1 mln bolivarlik pullar muomalaga kiritiladi
Xabarlarga ko‘ra, yangi pullar Rossiyada chop etilmoqda. Venesuela qariyb uch yildan buyon og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boshidan kechirmoqda.
Venesuelada giperinflatsiya fonida nominal qiymati 200 ming (0,11 dollar), 500 ming (0,27 dollar) va 1 mln bolivar (0,53 dollar) bo‘lgan kupyuralar muomalaga kiritilmoqda.
Mamlakat markaziy bankining xabariga ko‘ra, yangi qiymatdagi pullar 8 martdan muomalaga kiritiladi.
Venesuela qariyb uch yildan buyon og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boshidan kechirmoqda. 2018 yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatda inflatsiya 1,7 mln foizga, 2019 yilda esa 9585 foizga teng bo‘lgan.
Mamlakat hukumati iqtisodiyotni mustahkamlash uchun yangi valuta – suveren bolivarni muomalaga kiritgandi, ammo uning kursi keskin tushib ketdi: hozirda 1 AQSh dollari 1,8 mln bolivarni tashkil etmoqda.
Bloomberg 2020 yil fevralda Rossiyaning "Goznak" kompaniyasi Venesuela pullarini chop etishi to‘g‘risida xabar qilgandi. Rossiya kompaniyasi bu xabarga izoh berishni istamagan.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026