Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodavlat notijorat tashkilotlarning parlament majlislarida ishtirok etuvchi doimiy vakili instituti joriy etiladi
O‘zbekiston prezidentining 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Farmon bilan Nodavlat notijorat tashkilotlarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va uning qo‘mitalari majlislarida ishtirok etuvchi doimiy vakili instituti joriy etiladi.
Doimiy vakilning asosiy vazifalari qonun loyihalari va quyi palata vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha muhokamalar va yig‘ilishlarda ijtimoiy sheriklik, ta'sirchan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy qilish va ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash, nodavlat notijorat tashkilotlar huquq va manfaatlarini ifoda qilishdan iborat.
Hujjatga ko‘ra, homiylik mablag‘larini markazlashtirilgan holda to‘plash va tarqatish, ular maqsadli hamda manzilli yo‘naltirilishini monitoring qilish, ushbu jarayonlarni to‘liq avtomatlashtirish va oshkoraligini ta'minlash, shuningdek, xayriya etuvchi o‘z mablag‘i ishlatilishini kuzatib borish imkonini beruvchi «Shaffof xayriya» yagona interaktiv portali 2021 yil 1 maydan boshlab ishga tushirilmoqda.
«Shaffof xayriya» yagona interaktiv portalini ishlab chiqish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlar «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Avvalroq, nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmi 1,2 baravarga oshirilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:36 / 13.03.2026
Eronda hokimiyat qanday tuzilgan va kim nimaga mas’ul?
16:06 / 09.02.2026
Tailandda - muddatidan oldin parlament saylovlari va referendum
18:17 / 25.09.2025
Qirg‘iziston parlamenti o‘zini o‘zi tarqatib yubordi
17:57 / 23.09.2025