2020 yilda ilmiy loyihalarni moliyalashtirish hajmi 425 mlrd so‘mni tashkil etgan - Innovatsiya vazirligi
Milliy matbuot markazida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan «Ilmiy loyihalarni grant asosida moliyalashtirish» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, anjumanda 2020 yil davomida ilmiy grantlarga sarflangan mablag‘lar to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Unga ko‘ra 2020 yilda jami moliyalashtirish hajmi 425 mlrd so‘mni tashkil etgan, bular - fundamental, amaliy, innovatsion hamda maqsadli loyihalar. Davlat buyurtmasi asosida 116,8 mlrd so‘mlik 218ta loyiha moliyalashtirishga tavsiya etilgan.
«2020 yilda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida yillik moliyalashtirish hajmi 425,0 mlrd so‘mlik 1313ta loyiha bajarildi, shu jumladan 74,4 mlrd so‘mlik 334ta fundamental, 289,9 mlrd so‘mlik 845ta amaliy, 41,3 mlrd so‘mlik 81ta innovatsion, 12,5 mlrd so‘mlik 28ta maqsadli loyiha, 6,9 mlrd so‘mlik 25ta xalqaro qo‘shma loyihalarning bajarilishi ta'minlandi.
2020 yilda ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq umumiy qiymati 116,8 mlrd so‘mlik 218ta loyiha moliyalashtirishga tavsiya etildi.
Umumiy qiymati 6,9 mlrd so‘mlik 25ta («O‘zbekiston-Belarus», «O‘zbekiston-Germaniya» va «O‘zbekiston-Turkiya») xalqaro qo‘shma loyihalarning bajarilishi muvofiqlashtirildi. 2021-2022 yillarga bajarilishi mo‘ljallangan Turkiya, Xitoy va Hindiston davlatlari bilan qo‘shma loyihalarga tanlovlar e'lon qilindi. «O‘zbekiston-Turkiya» xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalar tanloviga taqdim etilgan 39ta loyihadan, hamkorlikdagi ekspertiza natijalariga ko‘ra, Turkiya va O‘zbekiston tomonidan ijobiy xulosa olingan umumiy qiymati 3,8 mlrd so‘m miqdoridagi 4ta loyiha moliyalashtirildi.
«O‘zbekiston-Xitoy» xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalar tanloviga taqdim etilgan 61ta loyihadan, hamkorlikdagi ekspertiza natijalariga ko‘ra, umumiy qiymati 19,4 mlrd so‘m miqdoridagi 20ta loyiha moliyalashtirildi. «O‘zbekiston-Hindiston» xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalar tanloviga taqdim etilgan 137ta loyihadan, hamkorlikdagi ekspertiza natijalariga ko‘ra, umumiy qiymati 27,3 mlrd so‘m miqdoridagi 23ta loyiha moliyalashtirildi. «O‘zbekiston-YeAPI» ilmiy loyihalar tanloviga kelib tushgan 37ta loyihadan ijobiy xulosa olgan, umumiy qiymati 3,0 mlrd so‘m miqdoridagi 2ta ilmiy loyiha moliyalashtirildi.
Ilmiy loyihalarni xususiy sektor va tarmoq tashkilotlari bilan teng sheriklikda moliyalashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Buxoro paxtachilik-to‘qimachilik klasteri tomonidan 15,0 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi va davlat buyurtmasi doirasida korxona muammolari yechimiga qaratilgan tematik loyihalar tanlovlari tashkil qilinib, natijalariga ko‘ra teng sheriklikda moliyalashtirish tashkil etildi», deya ma'lumot berdi vazirlik matbuot xizmati.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
-
Demokrat Senatda Tramp siyosatiga qarshi 17 soat nutq so‘zladi
Jahon | 23:06 / 01.04.2025
Mavzuga oid

12:27 / 24.11.2022
“Ziyoli qatlam ustidagi tajribalarda ehtiyotkorlik lozim”. Mutaxassislar – doktorantura qabulidagi beqarorlik haqida

10:54 / 17.11.2022
Doktoranturadagi alg‘ov-dalg‘ov: imtihon natijalari bekor qilinishi ortida moddiy manfaat yotibdi(mi?)

17:10 / 01.05.2022
Ibrohim Abdurahmonov oliy ta’lim mussasalaridagi yangi prorektorlik lavozimi qanday natija keltirayotgani haqida gapirdi

13:55 / 25.07.2021