Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sizlar yangi avlodsizlar»: Lukashenko qator amaldorlarni almashtirdi
Belarus prezidenti tergov qo‘mitasi, favqulodda vaziyatlar va qurolli kuchlar bosh shtabiga rahbarlar tayinladi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qator kadrlar almashinuvini amalga oshirdi. Bu haqda BelTA xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, 2015 yildan buyon tergov qo‘mitasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Ivan Noskevich o‘rniga Dmitriy Gora tayinlandi. Ma'lumot berilishicha, Gora ilgari Belarus DXQ tergov qo‘mitasi boshlig‘i, bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Vadim Sinyavskiy favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi. U bungacha Grodno IIB boshlig‘i edi.
Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i, mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari etib Viktor Gulevich tayinlandi.
Bosh shtabning sobiq boshlig‘i Aleksandr Volfovich esa milliy xavfsizlik davlat kotibi etib tayinlandi.
Kadrlar o‘zgarishini izohlar ekan, Aleksandr Lukashenko mamlakat rahbariyatida «yangi avlod kishilari» paydo bo‘lganini aytdi.
«Sizlar yangi avlodsizlar va estafetani qabul qilish hamda Belarus kelajagini qurish navbati sizlarniki», — dedi u.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026