Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilda Qo‘qondagi mahalla O‘zbekistondagi eng ko‘p jinoyat sodir etilgan mahalla bo‘lgan - vazir
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘qon shahridagi «Sumbula» mahallasi 2020 yilda eng ko‘p jinoyat sodir etilgan mahalla ekanligi ma'lum bo‘lgan.
Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida O‘zbekiston ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklar oldini olish va ular profilaktikasi holati to‘g‘risidagi 2020 yil yakuni bo‘yicha axboroti eshitildi.
Unda jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalar qaysi viloyatlarda eng ko‘p ekanligi ma'lum qilindi.
Jumladan:
- Toshkent shahrida – 35ta;
- Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida – 30tadan;
- Buxoro viloyatida – 25ta;
- Andijon viloyatida – 20ta mahallada jinoyatchilik darajasi yuqori deb topilgan.
Qo‘qon shahridagi «Sumbula» mahallasi bir yil davomida hududida eng ko‘p jinoyat sodir etilgan mahalla ekanligi ma'lum bo‘ldi. 2020 yil davomida ushbu mahallada jami 266ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, shulardan 238tasi o‘g‘irlik, 23tasi turli darajadagi tan jarohatlari yetkazish va boshqa jinoyatlar tashkil etgan.
Mavzuga oid
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
11:07 / 25.03.2026
Foto: 1913 yilgi Qo‘qon manzaralari
14:12 / 17.03.2026