Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maldivdan Alyaskagacha: rieltorlar badavlat odamlarning koronavirusdan qayerlarga «qochishgani»ni aytishdi
Mijozlar bir haftalik ijara uchun 50 ming funtdan yuz ming funtgacha to‘lashga tayyor bo‘lishgan.
Dunyodagi eng badavlat odamlar pandemiyadan turli joylarga: «Taitidagi xususiy orollardan Aydahoning kimsasiz rancholarigacha qochishdi», deb yozadi The Telegraph.
Boylar koronavirusdan qochish uchun qayerlardan «boshpana» qidirishgani haqida ijara va uy sotish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar gazeta muxbirlari bilan suhbatda hikoya qilib berishdi.
«Lokdaun endigina boshlangan paytda go‘yoki bu o‘rta asrlardek tasavvur uyg‘ondi. Hamma vahimaga tushib qolgan va oldi-orqasiga qaramay qochishga tushgandi», — dedi ijara va villalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Avenue agentligi bosh direktori Annabel Bruks. Uning so‘zlariga ko‘ra, mijozlar yashaydigan maskanlarida o‘zlaridan boshqa «hattoki bog‘bon» ham bo‘lmasligi kerakligini aytishgan.
Ilgari mijozlar qishloqqa yaqin joyda yashashni istagan bo‘lsa, 2020 yilda ular eng yaqin qo‘shnidan imkon boricha uzoqda bo‘lishni so‘rashdi, dedi xususiy uylar ijarasi bilan shug‘ullanuvchi Stay One Degree agentligi bosh direktori Tomas Bennett. Uning aytishicha, mijozlar bir haftalik ijara uchun 50 ming funtdan yuz ming funtgacha to‘lashga tayyor bo‘lishgan.
Ana shunday mijozlar haqida Luxury Castle Hire kompaniyasi xodimi Mark Devid ham aytib berdi.
«Mart boshidan Yaqin Sharq, Hindiston va Xitoydan milliarderlar tinmasdan qo‘ng‘iroq qilishni boshladi», — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular yarim yillik ijara uchun «istalgan miqdordagi pul»ni to‘lashga tayyorliklarini bildirishgan.
Luxury Castle Hire mijozlar uchun Maldiv va Karibdagi xususiy orollarni bron qilgan. orollarni sotish va ijaraga berish bilan shug‘ullanuvchi Vladi Private Islands kompaniyasi vakili Pola Sprottning aytishicha, o‘tgan yili orollarga bo‘lgan talab keskin oshgan.
VistaJet kompaniyasi esa Nyu-Yorkda yashovchi besh kishidan iborat oilani o‘n kunga Alyaskaga jo‘natgan.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023