Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan uch nafar shifokor shifoxonaga yotqizildi
Avvalroq Xorvatiyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan 91 yoshli ayol o‘pka tromboemboliyasidan vafot etgani ma'lum qilingandi.
Norvegiyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan uch nafar shifokor tromblar hosil bo‘lishi sababli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Aftenposten nashri xabar bermoqda.
Norvegiya dori vositalari agentligining bildirishicha, ushbu vaksina bilan emlangan bir necha kishida jiddiy yoki sezilarli bo‘lmagan qon ketishlar yuz bergani haqida ham ma'lumotlar bor.
«Bu trombotsitlar miqdori kamayishi belgisi bo‘lishi mumkin», — dedi agentlik vakili Sigurd Xortemo.
Avvalroq Xorvatiyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan 91 yoshli ayol o‘pka tromboemboliyasidan vafot etgani ma'lum qilingandi.
Daniya, Norvegiya, Avstriya, Italiya, Islandiya payshanba kuni vaksinadan foydalanishni to‘xtatdi, juma kuni Tailandda emlash kampaniyasi kechiktirilgani ma'lum qilindi.
Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) payshanba kuni AstraZeneca vaksinasidan voz kechishni tavsiya qilmaganini bildirib, preparatni qabul qilganlar qon tomirlarida tromboz paydo bo‘layotganiga dalil yo‘qligini ma'lum qildi. Agentlik davlatlarga tekshiruvlar davom etayotgan paytda ham emlashni to‘xtatmaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
10:35 / 25.04.2026
Norvegiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
08:40 / 23.03.2026