Namanganda o‘tgan ikki oy davomida ayollar tomonidan 54ta jinoyat sodir etilgan
So‘nggi paytlarda Namangan viloyatida xotin-qizlar tomonidan jinoyat sodir etish holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Jumladan, o‘tgan ikki oy davomida ayollar tomonidan 54ta jinoyat sodir etilgan.
Namangan viloyat IIB xotin-qizlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Nasiba Turg‘unovaga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 2 oyi davomida viloyatda ayollar tomonidan 54ta jinoyat qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26taga yoki 92,9 foizga ko‘p. Sodir etilgan jinoyatlarda 74 nafar xotin-qizlar ishtirok etgan, o‘tgan yilga nisbatan taqqoslaganda, 32taga yoki 76,2 foizga oshganini ko‘rish mumkin.
“So‘nggi yillardagi jinoyatchilik tahlil qilinganda, ayollar o‘rtasida jinoyat sodir etish holatlari ortib bormoqda. Bunga shunchaki bir muhtojlik emas, balki ayollarda boqimandalik kayfiyati borligi, dangasaligi va oson daromad topishga bo‘lgan qiziqish sabab bo‘lmoqda. Hozirda mana shunday boqimanda kayfiyatdagi ayollar o‘rtasida tushuntirish, ogohlantirish ishlari olib borilmoqda va ularni kasbga o‘qitish bo‘yicha monomarkazlarga jalb qilyapmiz”, – deydi Nasiba Turg‘unova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi vaqtlarda yosh xotin-qizlar o‘rtasida ham jinoyatchilik ko‘paygan. 2 oy davomida yosh xotin-qizlar tomonidan 19ta jinoyat sodir etilgan va ularda 23 nafar yosh ayol ishtirok etgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 15taga yoki 188 foizga oshgan.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
09:30 / 07.11.2024