Markaziy Osiyo suv xavfsizligi energiya, oziq-ovqat va atrof-muhit bilan uzviy boğliq bölgan dunyodagi kam sonli mintaqalardan biridir. Daryolarning ulkan tarmoği butun mintaqani kesib ötuvçi ikkita asosiy suv havzalari - Amudaryo va Sirdaryoga quyiladi. Sovetlar davrida yuqori suv oqimiga boy mamlakatlar bahor va yoz oylarida quyi oqimdagi mamlakatlarni suğoriş uçun suv bilan ta'minlagan. Buning evaziga ularga qiş oylarida isitiş va elektr energiyasi uçun kömir, neft va gaz yetkazib berilgan. 1960-yillarning boşlarida butun mintaqada qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş işlari olib boriladi, bu esa intensiv suğoriş tizimlariga olib keldi. Suğoriladigan dehqonçilik suvga juda talabçan paxtaning ehtiyojlarini qoplaş uçun ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi tuşunçasi mintaqani yuqori oqim (Qirğiziston, Tojikiston) va quyi oqim (Özbekiston, Qozoğiston, Turkmaniston) örtasida taqsimlaydigan transçegaraviy daryolarning keng tarmoğini boşqarişga intilib rivojlanib keldi.

Ob-havo özgarişi bilan Markaziy Osiyoda suv resurslarini boşqariş va xavfsizligini ta'minlaş masalalari muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

BMTning Butunjahon suv resurslari kuni munosabati bilan e'lon qilgan hisobotiga köra, bugungi kunda sayyoramizdagi 2 milliard aholi toza içimlik suvidan bevosita foydalaniş imkoniga ega emas. Mutaxassislarning tahlillariga köra, jahonda 2000 yildan 2050 yilgaça bölgan davrda suvga bölgan global talab 55 foizga ösadi. Şuningdek, hisobotda 2017 yilda Markaziy Osiyodagi preventiv diplomatiya böyiça BMT mintaqaviy markazi va Adelfi universiteti tomonidan ötkazilgan tadqiqot haqida ham söz yuritilgan. Uning asosiy maqsadi suv resurslarini boşqariş sohasidagi keng kölamli hamkorlikning iqtisodiy foydasini baholaşga qaratilgan edi. Ma'lum bölişiça, agar mintaqa davlatlari hamkorlik yölini tanlasa, ular yiliga kamida 4,5 milliard dollar tejaşi mumkin.

Butunjahon suv resurslari kuni munosabati bilan ŞHT boş kotibi Vladimir Norov «ŞHTga a'zo davlatlar suv resurslari taqçilligi bilan boğliq tahdidlarning jiddiyligini yaxşi anglaydi» nomli maqolasini e'lon qildi.

«Suv resurslarini muhofaza qiliş masalalari ŞHTga a'zo davlatlar uçun juda dolzarbdir. Taşkilotning ulkan hududida qariyb 6 million daryo va köl mavjud, «suv minoralari» hisoblangan toğ tizmalari maydoni taxminan 12,5 million kvadrat kilometrni taşkil etadi, suv resurslarining umumiy hajmi deyarli 10 million kub kilometrga teng. Tabiat jarayonlarida muhim rol öynaydigan, çuçuk suv manbayi bölib xizmat qiladigan köplab muzliklar mavjud.