Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada «Sputnik V»ni Yevroittifoqda tezroq ro‘yxatdan o‘tkazishga chaqirishmoqda
Hozirda YeIda BioNTech/Pfizer, Moderna, AstraZeneca va Johnson & Johnson kompaniyalarining vaksinalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Yevroittifoqda Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror «imkon boricha tezroq» qabul qilinishi lozim. Bavariya hukumati rahbari Markus Zyoder «Passauer Neue Presse» va «Donaukurier» gazetalariga bergan intervyusida ana shunday fikr bildirdi.
«Birinchi xariddan olgan salbiy tajribamizdan xulosa chiqarishimiz kerak, — dedi Zyoder YeI AstraZeneca vaksinasi bilan hali ham ta'minlanmaganini nazarda tutib. — Aynan shu sababli YeI bu safar qancha lozim bo‘lsa shuncha vaksina olish uchun tezroq barcha shartnomalarni tuzishi kerak», — deb ta'kidladi u.
«Sputnik V» vaksinasidan foydalanish g‘oyasini Tyuringiya hukumati rahbari Bodo Ramelov ham qo‘llab-quvvatladi.
«Sputnik V» Rossiyada ishlab chiqarilgani uchun emas, balki sotib olishimiz mumkin bo‘lgan barcha vaksinalarni xarid qilishimiz zarur deb hisoblaganim uchun buni qo‘llab-quvvatlayapman», — dedi Ramelov Welt nashriga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Sputnik V» ham boshqa vaksinalar kabi tekshiruvdan o‘tishi shart. Ammo uni sotib olish to‘g‘risidagi hadli shartnomani allaqachon tuzish kerak edi, dedi u.
Hozirda YeIda BioNTech/Pfizer, Moderna, AstraZeneca va Johnson & Johnson kompaniyalarining vaksinalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
26 mart kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Moskvani «Sputnik V» vaksinasidan «targ‘ibot quroli» sifatida foydalanayotganlikda aybladi. Germaniya hukumati esa agarda YeMA ma'qullaydigan bo‘lsa, Rossiya vaksinasidan foydalanishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026