Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Iv Le Drian Rossiyaning koronavirusga qarşi «Sputnik V» vaksinasini tarğibot quroli deb atadi.

«Sputnik V» vaksinasidan birdamlik tufayli tibbiy yordamdan köra tarğibot va agressiv diplomatiya uçun foydalanilmoqda»,— deya uning sözlaridan iqtibos keltirgan AFP.

Avvalroq Fransiya TIV huzuridagi Yevropa işlari böyiça davlat kotibi Kleman Bon Fransiyada iyundan «Sputnik V» vaksinasidan foydalaniş mumkinligi haqida aytgandi.

Bonning sözlariga köra, Fransiya «Sputnik V»dan Yevropa dori vositalari agentligi ma'qullaganidan söng foydalanişi mumkin. Agentlik vakilining aytişiça, Rossiya vaksinasi may oyidan avval ma'qullanmaydi.

YeI tarkibiga kiruvçi Vengriya va Slovakiya uşbu vaksinani özlari mustaqil ravişda ma'qulladi.

«Sputnik V» hozirda 56 mamlakatda foydalaniş uçun ma'qullangan.