Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyat Madaniyat obektlarini muhofaza qilish departamenti boshlig‘i ozodlikka chiqdi
Jizzax viloyati Madaniyat obektlarini muhofaza qilish departamenti boshlig‘i Sundor Qoraboyev ozodlikka chiqdi.
Qoraboyev 14 mart kuni mayda bezorilikda ayblanib, Toshkentda ma'muriy qamoqqa olingan edi.
Feysbuk foydalanuvchisi Xudoyberdi Zominiy tarmoqqa joylagan videoga ko‘ra, Sundor Qoraboyev ozodlikka chiqib, o‘z uyiga yetib borgan.
«Meni duolarida so‘rab turgan qadrdonlarga mingdan ming rahmat aytaman. Sizlarni o‘tgan va kelayotgan bayramlar bilan tabriklayman. Burgut qafasga tushishi mumkin, lekin balandlikni qo‘msaydi», – deya qo‘l silkiydi videoda ko‘ringan Sundor Qoraboyev.
Kun.uz Sundor Qoraboyevning 14 mart kuni shubhali ravishda qamab qo‘yilgani haqida uning ukasi Husan Qoraboyev va ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga asosan xabar bergan edi.
Departament mulozimi Toshkentda kafedan chiqayotib begona ayolga turtilib ketgani tezda ma'muriy qamoqqa olish uchun vaj bo‘lgani aytilgandi.
Qoraboyevning yaqinlari u «Ugolok» kafesidan chiqib ketayotgan vaqtda hech kim bilan tortishmaganini isbotlovchi kadrlar borligini ta'kidlashgandi.
Mavzuga oid
08:47 / 16.05.2026
Koreyaga ishchi vizasi olib berish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
16:30 / 30.03.2026
Jizzaxda simyog‘och qulashi oqibatida uch qoramol nobud bo‘ldi
08:53 / 18.03.2026