Jahon | 09:04 / 28.03.2021
4114
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda parlamentning yuqori palatasiga saylovlar bo‘lib o‘tadi  

Foto: Vestikavkaza.ru

28 mart kuni Turkmaniston parlamentining yuqori palatasi – Milliy kengash Xalq maslahatiga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Xalq maslahati 56 a'zodan iborat bo‘lib, undan 48 nafari 5ta viloyat va poytaxt Ashxoboddan saylanadi, qolgan 8 nafarini prezident tayinlaydi.

2019 yil sentyabrda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov  ikki palatali parlament tizimiga o‘tish va Xalq maslahati (vakillik organi) hamda Majlisni (qonunchilik organi) bir tizimga birlashtirish tashabbusini bildirgan. Endilikda Majlis parlamentning quyi palatasi, Xalq maslahati esa yuqori palatasi vazifasini bajaradi.

Saylovlarda 48 o‘ringa 112 nomzod kurash olib boradi, ulardan 29 nafarini ayollar tashkil qiladi. 

Saylovlarni o‘tkazish uchun 5ta viloyat va poytaxt Ashxobodda bittadan, jami 6ta saylov uchastkasi tashkil etiladi.  

Saylovlar borishini Turkmanistondagi partiyalardan 440 nafar mahalliy kuzatuvchi nazorat qiladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid