Jahon | 23:50 / 31.03.2021
3211
1 daqiqa o‘qiladi

Moldovada may oxirigacha favqulodda holat rejimi kiritildi

Moldovada koronavirus tarqalishiga qarshi 1 apreldan 30 maygacha favqulodda holat rejimi kiritiladi. Ushbu qaror hukumat iltimosi bilan parlament tomonidan qabul qilingan. 

Foto: Reuters

Favqulodda holat amal qilishi vaqtida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiya chegarani kesib o‘tishning maxsus rejimini kiritishi, mamlakat ichida odamlar harakatlanishini cheklashi, fuqarolarni ishlarga jalb qilishi hamda kasallikni to‘xtatish uchun boshqa choralar qabul qilishi mumkin.

Moldovada oxirgi 2 hafta davomida 100 ming kishiga 635ta kasallanish holati, 100 bemorga 2,1ta o‘lim qayd etilmoqda. Umuman olganda pandemiya boshidan beri respublikada koronavirusdan kasallanganlar soni 228 mingdan oshgan, 4,9 ming kishi virusdan vafot etgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid