Qishloq xo‘jaligi tadbirkorining nolasi: yer emas, dehqonning bilimi «sho‘r»
Otabek Payg‘amov 30 yoshda. Shu paytga qadar ko‘p ishlarda, har xil sohalarda o‘zini sinab ko‘rgan. Oxiri yer olib qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkor bo‘lishga qaror qildi. Ammo bu ham o‘z-o‘zidan hammasi zo‘r bo‘lib ketadigan ish emas. Otabek bu sohada ish boshlaganidan keyin duch kelgan muammolari haqida so‘zlab berdi.

Men Payg‘amov Otabek Baxtiyor o‘g‘li 30 yoshdaman. Qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlik faoliyatini boshlashga qaror qildim. Chunki o‘zbek azaldan yerga oshno tutingan. Yer doim bizni boqib kelgan. Qishloq sharoitida oddiy kartoshkadan tortib, pomidorgacha dehqonchilik mahsuloti hisoblanadi va deyarli sotib olinmaydi. Hamma uyida bu kabi sabzavotlarni mevalarni, yetishtiradi va bu ro‘zg‘orni tebratishda katta yordam beradi. Bunga o‘rganib qolganmiz. Ammo qishloq xo‘jaligi sohasida yetuk tadbirkor bo‘lib yetishish uchun har doim uyda ekin ekkandek munosabatda bo‘lish yaramaydi. Buning uchun yetarlicha bilim talab qilinadi.
Yaxshi niyatlar bilan ijaraga yer oldim. Undan qanday qilib unumli foydalanishga kelganda esa o‘ylanib qoldim. Uyda kichik maydonga oilaga yetgulik kartoshka, pomidor yoki bodring uchun ko‘p bilim talab qilinmasligi mumkin, ammo katta maydonga shunchaki faqat o‘z ehtiyojlarimiz uchun ekin ekib bo‘lmaydi. Yerdan qancha ko‘p foyda olsak, bu shuncha yaxshi, iste'molchiga ham, ko‘proq foyda ko‘rish niyatida bo‘lgan menga o‘xshagan yer egalariga ham. Yashirib nima qildim. Bu borada deyarli hech qanday bilimga ega emasman. Issiqxona qilib limon yetishtiradigan, kartoshkadan ikki hissa ko‘p daromad oladigan dehqonlar haqida eshitganman. Asosan televizorlarda ko‘rganman. Ammo ularning bu darajaga yetishishiga qanday omillar sabab bo‘lganini bilmayman.
Chunki, bizda qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlik qilish uchun yordam beradigan hech qanday manba yo‘q. Internetdan qidirib ko‘rsangiz, asosan chet tilidagi ma'lumotlar. Chet tilini bilmasligim tufayli bu manbalardan to‘g‘ri foydalana olmayman. Biladigan yordamchi bo‘lgan taqdirda ham bu ma'lumotlar umumlashmagan va asosan qisqa-qisqa ko‘rinishda beriladi. Bu esa yetarli emas. Butun boshli kitob shaklida barcha ma'lumotlarni o‘zida birlashtirgan kitoblar bor deyishadi. Lekin ularning birortasi ham o‘zbek tilida chop etilmagan. Tilni yaxshi bilmaydigan biz kabilar uchun bu ham muammo. Tilni bilsangiz-da, bu ma'lumotlar bizning sharoit, iqlim, yer xususiyatlariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
Ana shunday paytda o‘zbek tilida chop etilgan, qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik qilish uchun barcha ma'lumotlarni o‘zida jamlagan kitob yoki o‘quv qo‘llanma shaklidagi manba bo‘lsa, yaxshi bo‘lardi. Bu men kabi bu sohaga yangi kirib kelayotgan fuqarolarimiz uchun ayni muddao bo‘lardi. Bugun yer egalari, tadbirkorlar shu kabi adabiyotlarga, qo‘llanmalarga muhtoj. Bu borada yaxshi yangiliklar bo‘lib qolishiga umid qilib qolamiz.
Otabek Payg‘amov, fermer
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston islomshunoslik akademiyasi Abdulloh II nomidagi mukofot bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 15:17
-
«Oyiga 100 ming odamga xizmat qila oladi» – prezident Chiyal dehqon bozoridagi sharoitlarni yaxshilashga ko‘rsatma berdi
O‘zbekiston | 15:13
-
“Navoiyuran” xalqaro reytingini yanada oshirdi
O‘zbekiston | 15:00
-
1 oktyabrdan davlat xizmatchilarining xizmat safarlari va xarajatlarini onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi
O‘zbekiston | 14:57
Mavzuga oid

16:32 / 19.12.2024
O‘zbekiston Eron bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytiradi

10:32 / 16.02.2021
1 santimetr unumdor tuproq hosil bo‘lishiga yuz yildan ortiq vaqt ketadi - Tuproq tarkibini o‘rganish korxonasi faoliyati bilan tanishuv

20:54 / 22.04.2020
«Ilmiy potensialimizni oshirmasak, qishloq xo‘jaligida turli davlatlarga tobe bo‘lib qolaveramiz» - Jamshid Xo‘jayev

23:52 / 14.09.2019