O‘zbekiston | 16:30 / 02.04.2021
5029
1 daqiqa o‘qiladi

Aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash punktlari haqida ma'lumot berildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusga qarshi emlash punktlari haqida ma'lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash punktlari joylashuvi bilan quyidagi jadval orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 1 apreldan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlariga start berildi va Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati vaksinatsiyaning ilk kunida 5018 kishi ixtiyoriy ravishda emlangani haqida ma'lumot berdi.

COVAX dasturi doirasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 mln doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 mln doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalarini O‘zbekistonga olib kelish rejalashtirilgan. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev ma'lum qilgan.

Bunga qadar O‘zbekiston va Xitoy ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining narxi bo‘yicha ma'lumotlarni ochiqlamaslik to‘g‘risida davlatlararo shartnoma imzolagani haqida xabar qilingandi.

Mavzuga oid