18:10 / 02.04.2021
20401

Sahroda milliardlab tup daraxtlar: Saudiya Arabistoni keng miqyosda «yashil» dasturlarni boshlamoqda

Saudiya Arabistoni hukumati keyingi yillarda 10 milliard tup daraxt ekishni rejalashtirgan. Bu ishlar atmosferada uglerod gazi chiqindilari ko‘payishiga va yer resurslari degredatsiyasiga qarshi kurashni maqsad qilgan kampaniya doirasida amalga oshiriladi.

Foto: depositphotos.com

Saudiya Arabistoni podshohligining ekologiyani himoya qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash hamda mintaqa iqtisodiga xavf soluvchi omillar bo‘lmish ob–havo harorati ko‘tarilishi, yomg‘irlar yog‘ishi kamayishi, chang–to‘zon to‘lqinlari ko‘tarilishi va cho‘llanish darajasi oshishi kabi mintaqadagi ekologik xavf–xatarlarga qarshi turish borasidagi istagi ko‘rsatiladi.   

1 aprel kuni Saudiya Arabistonining «Yashil Saudiya Arabistoni»  va «Yashil Yaqin Sharq» bo‘yicha ikki tashabbusi e'lon qilindi. Ular podshohlik va mintaqaning yer va tabiatni himoya qilish, bu borada aniq «yo‘l xaritasi» ishlab chiqish bo‘yicha qarashlarini aks ettiradi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash borasida xalqaro  sa'y–harakatlarga hissa qo‘shadi.

Tashabbusning bugun e'lon qilinishi sa'y–harakatlarni birlashtirish va mintaqa davlatlari bilan joriy yilning to‘rtinchi choragiga tashabbuslarning batafsil rejalari va ularni amalga oshirish mexanizmlari bilan kirishga qaratilgan. Bu bilan mintaqadagi umumiy salomatlik mustahkamlanadi, fuqarolar va muvaqqat yashovchilar hayot darajasi ko‘tariladi.

Saudiya Arabistonining «Yashil Saudiya Arabistoni» tashabbusi

Tashabbus Saudiya Arabistoni podshohligining muhim milliy tashabbusi bo‘lib, hayot darajasini ko‘tarish va kelgusi avlodlarni himoya qilishga qaratilgan. Uning maqsadlari o‘simlik dunyosini ko‘paytirish, uglerod chiqindilari miqdorini kamaytirish, ifloslanish va yer holatining yomonlashuviga qarshi kurash, dengizdagi hayotni saqlab qolishni qamrab oladi.

Tashabbus bir qator muhim ishlarni gavdalantirib,  ularning asosiylari quyidagilardan iborat:

  • Saudiya Arabistoni podshohligi hududida 10 mlrd tup daraxt o‘tqazish.
  • uglerod chiqindilari miqdorini 4 foizdan ko‘proq nisbatda kamaytirish.
  • podshohlikda energetika ishlab chiqarishida toza energiya manbalari hissasini hozirgi 0,3 foizdan 2030 yilga borib, 50 foizga yetkazishga qaratilgan qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini ishlab chiqish.

«Yashil Yaqin Sharq» tashabbusi

Bu mintaqaviy tashabbus bo‘lib, sa'y–harakatlarni xalqaro va mintaqaviy darajalarda voqealar rivojlanishiga muvofiqlashtirishga qaratilgan. Tashabbusni podshohlik mintaqaning «yo‘l xaritasi» sifatida ilgari surib, iqlim o‘zgarishiga qarshi turish maqsadlarini quyidagilar orqali amalga oshirishga hissa qo‘shishni ko‘zda tutadi: 

  • Mintaqada gidrokarbonatlar texnologiyalari qudratini mustahkamlash;
  • Dunyoda qaytadan ko‘kalamzorlashtirish rejasini ishga tushirish va uning doirasida Yaqin Sharq mintaqasida 50 mlrd tup daraxt o‘tqazish. Natijada dunyo bo‘yicha o‘tqazilishi  rejalashtiriladigan 1 trln tup daraxtning 5 foizi o‘tqazilishi ta'minlanadi va uglerod chiqindilari miqdori o‘rtacha 2,5 foizga kamaytiriladi. Bu bilan dunyo miqyosida uglerod chiqindilari miqdori 10 foizdan ko‘proqqa kamayishiga erishiladi.

«Yashil Yaqin Sharq» tashabbusini amalga oshirish mexanizmi

Tashabbus Arab ko‘rfazidagi davlatlar hamkorlik kengashidagi birodar davlatlar va Yaqin Sharqdagi mamlakatlar bilan sherikchilikda, «Yashil Yaqin Sharq» tashabbusi maqsadlarini birgalikda amalga oshirishni istovchi ittifoqchi davlatlar va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 

Saudiya Arabistoni podshohligi «Yashil Yaqin Sharq tashabbusi» nomi ostida yillik sammitlar o‘tkazish ustida ish olib boradi. Unda tashabbus tafsilotlari va amalga oshirish mexanizmlarini muhokama qilish uchun davlatlar rahbarlari, vazirlar va ekologiya sohasiga mas'ullar qatnashadi. Tashabbuslarni amalga oshirish borasidagi ishlar 2021 yilning to‘rtinchi choragida boshlanib, kelgusi 20 yil mobaynida davom ettiriladi. Podshohlik sammitni o‘tkazish va tashabbuslar maqsadlari amalga oshirilishini kuzatib boradigan notijorat tashkilotini barpo etadi.

Mintaqa suv va moliyaviy resurslar hamda texnologiya taqchilligi, geografik qiyinchiliklar kabi xavf–xatarlarga duch keladi. Shuning uchun podshohlik mintaqa davlatlari bilan resurslari cheklangan davlatlar uchun tashabbuslarni moliyalashtirish mexanizmlari va imkoniyatlarini izlash, texnologiyalar va tajribalarni ishga solish ustida ishlamoqda. Bunda mintaqada neft qazib chiqarishdan kelib chiqadigan uglerod chiqindilari miqdorini kamaytirish, qayta ishlangan suv, yomg‘ir va bulutlardan sug‘orishda foydalanishda innovatsion yo‘llarni topish, faqat 3 yil mobaynida sug‘orilib, keyingi rivojlanishi uchun tabiiy yo‘llar kifoya qiladigan va mintaqa uchun munosib bo‘lgan daraxtlarni o‘tqazish kabi boshqa yechimlarni izlash maqsad qilib olingan. Konferensiyada tashabbuslar maqsadlarini amalga oshirish duch kelayotgan xavf–xatarlar, ularni hal etish yo‘llari bilan bog‘liq masalalar ham ko‘tariladi.

Saudiya Arabistoni podshohligining avvalgi yillardagi yutuqlari

  • Saudiya Arabistoni podshohligi ekologiya sohasi strukturasini butunlay o‘zgartirdi. 
  • Saudiya Arabistoni podshohligi 2019 yilda ekologiya xavfsizligi bo‘yicha maxsus kuchlarni barpo etdi.
  • Saudiya Arabistoni podshohligi tabiiy qo‘riqxonalar hududlarini podshohlik hududining 4 foizidan 14 foiziga qadar oshirdi.
  • Saudiya Arabistoni podshohligi so‘nggi 4 yil ichida o‘simliklar bilan qoplanish nisbatini 40 foizga oshirdi.
  • Saudiya Arabistoni podshohligi neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar orasida uglerod chiqindilari miqdorini kamaytirishda eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga muvaffaq bo‘ldi.
  • Podshohlik toza energiya ishlab chiqarishda innovatsion yechimlar topishning tarkibiy qismi sifatida muvaffaqiyat bilan 40 tonna moviy ammiak ishlab chiqardi va eksport qilishga muvaffaq bo‘ldi.
  • Podshohlik Niyomda tannarxi 5 mlrd AQSh dollari bo‘lgan  dunyo miqyosidagi eng yirik yashil vodorod ishlab chiqarish loyihasini boshladi. Unda kuniga taxminan 650 tonna mahsulot ishlab chiqariladi.

Ayrim jihatlar:

  • Mintaqada har yili 13 mlrd tonna qum bo‘ronlari ko‘tarilishi taxmin qilinadi.  
  • 19 asr boshidan beri dunyoda qum bo‘ronlari ko‘tarilishi 25 foizga oshdi.
  • Marjon riflari 2050 yilga borib yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida bo‘ladi.
  • Issiqlikdan kelib chiqadigan gazlardan havoning ifloslanishi insonlarning o‘rtacha umrini 1,5 yilga qisqartirishi taxmin qilinadi.  
  • Yaqin Sharqda toza energetika ishlab chiqarish hissasi hozirda 7 foizdan oshmaydi.
Top