Shali shahar sudida prokuratura chechen muxolifati faollarining onasi Zarema Musayevani axloq tuzatish muassasasi ishini tartibsizlantirishda ayblanib (Jinoyat kodeksining 321-moddasi 2-qismi) to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘radi, deb xabar berdi «Komanda protiv pytok».
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Musayeva FSIN xodimiga hujum qilib, uning bo‘ynini tirnab olgan. «Komanda protiv pytok» ta’kidlaganidek, guvohlarning hech biri buni ko‘rmagan. Hujum sodir bo‘lgan kuni FSIN xodimlari kiyimida videoregistratorlar bo‘lmagan. Musayeva aybini tan olmadi va jismonan hujumni amalga oshirish imkoniga ega emasligini aytdi.
Zarema Musayeva ayblanayotgan moddaga ko‘ra, u 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Zarema Musayeva Checheniston Oliy sudi sobiq sudyasi Saydi Yangulboyevning rafiqasi, shuningdek, «Komanda protiv pytok» inson huquqlari tashkiloti sobiq advokati Abubakar Yangulboyev va muxolifatchi Ibragim Yangulboyevning onasi. Uning o‘g‘illari muxolifatdagi Chechenistonning 1ADAT Telegram kanalini boshqaradi.











