Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda IIB xodimi o‘ziga o‘q uzib, vafot etgani ma'lum bo‘ldi
Jizzax viloyati prokuraturasi Do‘stlik tumanida ichki ishlar xodimi o‘ziga o‘q uzib, vafot etgani to‘g‘risidagi maqola bo‘yicha ma'lumot berdi.
Viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, «Huquq va iste’molchi» gazetasida bu haqda tegishli maqola e'lon qilingan.
Qayd etilishicha, 2020 yil 29 avgust kuni soat taxminan 09:40larda Do‘stlik tuman IIB ma'muriy binosining nazorat o‘tkazish punktida xizmatga jalb qilingan tuman IIB xodimi bo‘lgan marhum Sh.B. o‘ziga biriktirilgan “Makarov” nomli 7230-raqamli jangovar qurol bilan ko‘krak qismiga bir marotaba o‘q uzib, tan jarohati olgan.
Jizzax viloyati prokuraturasi ma'lumotiga ko‘ra, Do‘stlik tuman IIB xodimi tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
“Tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan, Sh.B. soat 10:30larda vafot etgan”, deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq, Farg‘onada Milliy gvardiya xodimi xizmat mashinasida odam urib yuborgani, jabrlanuvchi vafot etgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
13:55 / 11.12.2025