Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti koronavirusga qarshi emlandi
Avvalroq Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga qarshi emlash milliy xavfsizlik masalasi ekanligini ta'kidlagandi.
Foto: akorda.kz
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda To‘qayevning matbuot kotibi Berik Uali facebook sahifasida ma'lum qildi.
«Bugun davlat rahbari Qarag‘anda farmatsevtika zavodida ishlab chiqarilgan «Cputnik V» vaksinasini qabul qildi. Emlashdan so‘ng u o‘zini yaxshi his qilmoqda. Hech qanday nojo‘ya ta'sir kuzatilmadi», — deb yozdi Uali.
Uning yozishicha, «prezident Qozog‘iston fuqarolarining emlanishi va jamoaviy immunitet shakllanishigina koronavirusni yengish imkonini berishiga ishonadi».
Avvalroq Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga qarshi emlash milliy xavfsizlik masalasi ekanligini ta'kidlagan va vaziyat o‘zgarmaydigan bo‘lsa, butun hukumatni almashtirishini aytgandi.
Mavzuga oid
22:31 / 13.04.2026
Buxoroda prezidentlar nimani gaplashdi?
00:57 / 12.04.2026
Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston prezidentining “Toza havo” tashabbusini qo‘llab-quvvatladi
23:54 / 11.04.2026
Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
22:15 / 11.04.2026