Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev sog‘liqni saqlash vaziri va butun hukumatni almashtirish bilan tahdid qildi
Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga qarshi emlash milliy xavfsizlik masalasi ekanligini ta'kidladi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoy va butun hukumatga tahdid qildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
«Hukumat «Sputnik V» bo‘yicha shartnoma va mahalliy vaksina ishlab chiqarilishi mamlakatning vaksinaga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplashiga ishontirgandi. Shu ma'lumotga asoslanib, 1 fevraldan ommaviy emlash boshlanishini e'lon qilgandim. O‘tgan ikki oy davomida aholining 0,2 foizdan oz qismi emlangan. Endi boshqa davlatlar rahbarlari bilan qo‘shimcha vaksina yetkazib berish bo‘yicha kelishuv olib borishimga to‘g‘ri keladi. Biz yetkazib berishni tezlashtirish uchun befoyda shartlarga ko‘nishimiz kerak bo‘ladi», – dedi To‘qayev.
U koronavirusga qarshi emlash milliy xavfsizlik masalasi ekanini ta'kidladi va sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoyga murojaat qildi.
«Aprel davomida vaziyatni o‘zgartirishingiz shart. Aks holda, sizni qattiq xafa qiladigan kadrlar o‘zgarishi bo‘ladi. Bu nafaqat sog‘liqni saqlash vaziri, balki butun hukumatga tegishli», – dedi Qozog‘iston prezidenti.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
20:25 / 29.05.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzolandi
21:18 / 19.05.2026