Jahon | 20:47 / 06.04.2021
3380
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada mehnat migrantlarini koronavirusga qarshi emlash hozircha rejalashtirilmagani ma'lum qilindi

Mamlakatda koronavirusga qarshi ommaviy emlash 18 yanvarda boshlangan.

Foto: TASS

Rossiyada xorij fuqarolari, jumladan, mehnat migrantlarini koronavirusga qarshi emlash hozircha rejalashtirilmagan. Bu haqda Rossiya koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtabi ma'lum qildi, deb xabar berdi Interfaks.

4 aprel kuni mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova Rossiyada emlanishni istagan fuqarolar soni keskin o‘sganini aytgandi.

Mamlakatda koronavirusga qarshi ommaviy emlash 18 yanvarda boshlangan.

 Hozirda asosan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash amalga oshirilmoqda. O‘tgan haftada regionlarga «Vektor» ilmiy markazi ishlab chiqqan «EpiVakKorona» vaksinasi yetkazib berildi.

Mart oxirlarida Chumakov nomidagi markazda «KoviVak» deb nomlangan uchinchi vaksina ishlab chiqarilishi boshlandi. Vaksina yaqin kunlarda sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid