Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook jonli efirlar uchun yangi servisini sinovdan o‘tkazmoqda
Hotline servisining o‘ziga xosligi shundaki, uning foydalanuvchilari jonli efirlardan tashqari, matnli va audio shaklda muloqot qilishlari mumkin.

Facebook kompaniyasi Hotline deb nomlangan yangi servisini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda TechSrunch xabar berdi.
Mutaxassislar ushbu servisni Clubhouse va Instagram Live ilovalarining aralashmasi deb atamoqda.
Hotline servisining o‘ziga xosligi shundaki, uning foydalanuvchilari jonli efirlardan tashqari, matnli va audio shaklda muloqot qilishlari mumkin.
Ushbu servisda to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiyalar real vaqt rejimida auditoriya bilan muloqot qilish va ovoz berish imkonini beradi.
Bundan tashqari, efir muallifi savollarni filtrlashi va suhbat vaqtida o‘zi istamagan foydalanuvchilarni bloklashi mumkin.
Servisdan foydalanilgan vaqtda gadjet ekrani bir nechta qismga bo‘linadi, translatsiya yakunlanganidan keyin muallif ikkita – audio va videoyozuvga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
08:40 / 26.03.2025