Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Nyu-York aviaqatnovi yo‘lovchilariga qo‘yiladigan talablar o‘zgardi
Toshkent - Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi yo‘lovchilarga qo‘yiladigan talablar o‘zgardi.
“Uzbekistan Airways” xabariga ko‘ra, joriy yil 1 apreldan Nyu-York shtatining sanitariya xizmatiga shakl to‘ldirish va jo‘natishning elektron uslubi kiritildi.
Qayd etilishicha, shaklni to‘ldirish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- internetga kirish;
- veb-brauzerning manzil satriga traveler.health.ny.gov manzilini kiritish;
- sahifaga kiritish so‘rovnomani elektron shaklda kiritish.
Bildirilishicha, COVID-19 testining «manfiy» natijasi va yuqorida ko‘rsatilgan shaklni to‘ldirish shart.
Ma'lumot uchun, “Uzbekistan Airways” 22 apreldan boshlab haftaning payshanba kunlari Toshkent – Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni qayta joriy etadi.
Hozirgi kunda har yakshanba kunlari ushbu yo‘nalishda muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
18:45 / 27.06.2026
Toshkent va Ammon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
20:26 / 29.05.2026