Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya tashqi ishlar vaziri Erdo‘g‘an bilan uchrashuv chog‘ida Yevrokomissiya raisiga nima uchun kursi berilmaganini izohladi
Yevrokomissiya vakili Erik Mamer Anqarada komissiya raisi Ursula fon der Lyayyen bilan sodir bo‘lgan voqeaga e'tiroz bildirgandi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Yevrokengash raisi Sharl Mishel va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyenning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvi protokol va Yevropa tomonining talablariga mos ravishda o‘tkazilganini aytdi.
«Ushbu uchrashuvda hamma narsa xalqaro qoidalar va oddiy protokolga mos holda bo‘ldi. Har qanday uchrashuv oldidan ikki tomondan protokol xodimlari to‘planadi va tafsilotlarni ishlab chiqadi», – dedi u.
Avvalroq Erdo‘g‘an va Yevropa ittifoqining ikki rahbari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida Ursula fon der Lyayyenga o‘tirish uchun kursi berilmagandi. Uchrashuvdan e'lon qilingan videolavhada Anqaradagi majlislar zalida Erdo‘g‘an va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel zarhal kursilarga o‘tirishgani, biroq Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen kursilar faqat ikkita bo‘lgani sababli qayerga o‘tirishni bilmay turib qolgani namoyish qilingan.
Shundan so‘ng unga Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu o‘tirgan divanning qarshisidagi divanga o‘tirish taklif qilingan.
Yevrokomissiya vakili Erik Mamerning brifingda ta'kidlashicha, protokol bunday uchrashuvlarda Yevrokengash va Yevrokomissiya prezidentlariga bir xilda munosabatda bo‘lishni talab qiladi.
Yevropa ittifoqi rahbarlarining Anqaraga safari Yevrokengashning Anqaradagi vakolatxonasi jalb qilingan holda tayyorlangan. Biroq Yevrokomissiyaning protokol departamenti pandemiya sababli safarda ishtirok etmagan.
«Yevrokomissiya prezidenti bundan ochiqchasiga taajjublandi va buni videoda ko‘rish mumkin. Biroq u taajjublansa ham, protokol masalalariga emas, balki rasmiy masalalarga e'tibor qaratishni afzal bildi», – deb aytgan Mamer.
Uning ta'kidlashicha, Yevrokomissiya prezidenti jamoasi uchrashuvni tashkillashtirgan turk tomoniga murojaat qilib, nima uchun fon der Lyayyenga boshqa joyga o‘tirish taklif qilinganiga tushuntirish berishni talab qilgan.
Ammo Le Figaro nashrining yozishicha, «Yevropa kengashi norozilik bildirganlarga xalqaro protokol bo‘yicha kengash raisi komissiyadan yuqoriroq turishini eslatib qo‘ygan».
Mavzuga oid
14:24 / 11.03.2026
Yevrokomissiya rahbari: atom energiyasidan voz kechish - “strategik xato”
11:21 / 28.02.2026
Yevrokomissiya YeI-Merkosur kelishuvini vaqtincha qo‘llaydi
10:09 / 24.02.2026
JB: Ukrainani tiklash uchun 588 mlrd dollar kerak bo‘ladi
10:15 / 13.02.2026