«Özbekiston temir yöllari» AJning Telegram kanalida holat yuzasidan rus tilida izoh qoldirildi.
«Mazkur vaziyat kuni keça soat 18:40da «Puşkin» va «Buyuk Ipak Yöli» bekatlari oraliğida röy bergan. «Buyuk Ipak Yöli» bekatiga yetib kelgandan keyin bu nosozlik bartaraf etilgan va sostav ştat rejimida işlaşda davom etgan.
Muhtaram yölovçilar! Harakatlanuvçi sostavning eşiklari avtomatik yopiliş tizimiga ega. Metropolitenning har bir harakatdagi sostavida eşiklarning lokomotiv signalizatsiyasi bor va u oçiq eşiklar bilan harakatlanişning oldini oladi. Lekin eşiklar yopilişiga sun'iy tösiq qöyilsa yoki yopiş mexanizmiga begona jismlar tuşib qolsa, avtomatik yopiş tizimi işlamay qoladi. Ya'ni bunday holatlarda eşiklarning pnevmatik magistrali öçadi.
Yölovçilardan vagonlarda favqulodda holatlar yuz berganda har bir vagonda ikkitadan bölgan «yölovçi-maşinist» aloqa tizimi orqali xabar berişni söraymiz. Şuningdek, eşiklarga suyanmaslik, ularning harakatiga tösqinlik qilmaslik, avtoyopiliş jarayonida ularni tutib turmaslik söraladi. Yölovçilar vagonga kirib oliş yoki kimgadir kirişga yordam beriş maqsadida köp hollarda avtomatik kamarlarni tutib qolişadi. Buning natijasida sostav belgilangan muddatdan köproq uşlanib qoladi.
«Toşkent metropoliteni» DUK rahbariyati röy bergan holat böyiça uzr söraydi va ayni paytda bu borada xizmat tekşiruvi ötkazilayotgani, vagon içi va bekatlardagi videokuzatuv kameralari yozuvlari örganilayotganini ma'lum qiladi», – deyiladi rasmiy izohda.
Metropolitenning rasmiy izohida barça aybni yölovçilarga yuklaş iştiyoqi sezilib turadi. Ammo nega deyarli 45 yillik faoliyat davomida bunday holatlar ustma-ust kuzatilmaganiga oid biror söz yöq?
Vaziyatni osongina uzr söraş bilan xaspöşlaş, qator holatlarning asl sabablari böyiça tuşunarli axborot bermaslik, eng muhimi favqulodda holatlarning oldini oliş yuzasidan aniq bir rejaga ega emaslik bugungi kun metropoliten tizimiga berilgan baho böla oladi.
Eslatib ötamiz, bu sönggi bir oy içida röy bergan törtinçi noxuş holatdir.
18 mart kuni metroning yer usti Sergeli yönalişi boşlaniş joyida ikki poyezd töqnaşib ketgan edi. Töxtab qolgan tarkibga ortidan kelgan boşqa bir tarkib kelib urilgan

















