Bu haqda xabar bergan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisada jabrlangan va halok bölganlar yöqligini ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, vagonlarga ham katta zarar yetmagan. Birinçi tarkib «texnik sabablarga köra» töxtab qolgan, uning ortidan kelgan ikkinçi tarkib oldinda töxtab turgan vagonga borib «yengil urilgan».

Voqea 18 mart kuni soat taxminan 20:10larda röy bergan. FVB, IIB va metropoliten xodimlari vagon içidagi yölovçilarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilgan.

«Özbekiston temir yöllari» ma'lumotiga köra, birinçi tarkib maşinisti «Olmazor» bekatidan çiqayotib, temir yöl liniyasida begona jismga közi tuşgan, şu bois tarkibni töxtatgan. Kompaniya xabarida ham yölovçilar va maşinistlar orasida jabrlanganlar yöqligi, töqnaşuv natijasida yonğin çiqmagani ma'lum qilingan.

Huquq organlari tergovga qadar suriştiruv ötkazmoqda.

«Sirğali» metro yönalişining voqea sodir bölgan qismida harakat vaqtinça töxtatilgani bois qolgan tarkiblarning harakati qöşimça yönaliş böyiça davom ettirilgan. Hozirda uşbu yönalişda harakatlar töliq qayta yölga qöyilgan.