Toşkent metropolitenining Sergeli yönalişidagi poyezdlar harakati soat 16:45da tiklandi. Bu haqda “Toşkent metropoliteni” UK xabar bermoqda.
Bugun, 8 aprel kuni Toşkent metrosining Sergeli yönalişida harakatlangan poyezd töxtab qoldi. Uşbu yönalişda Çilonzor yönalişidagi “Olmazor” bekati tomon harakatlangan metro poyezdi yer usti yölida töxtab qolgan.
“Özbekiston temir yöllari” ma'lumotiga köra, yönalişdagi harakatini töxtatiş sababi - kontakt relsining kronşteynni uşlab turiş qurilmalaridan çiqib ketişi oqibatida nosozlik kelib çiqqan. Voqea yuzasidan rasmiy suriştiruv davom etayotgani, sabablar örganilayotgani aytilgan.
Sergeli yönalişi 2020 yil dekabrida işga tuşirilgandi. Loyihaning umumiy qiymati qariyb 83 million dollarni taşkil etib, bu yönaliş “Özbekiston temir yöllari” AJ tomonidan, boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov boşçiligida barpo qilingandi.
Uşbu yönalişda mart oyida ham avariya holati sodir bölgan, unda ikki sostav töqnaşib ketgandi.
«Özbekiston temir yöllari»: Sergeli yönalişi böylab bepul avtobuslar harakati taşkil etildi

















