Ijtimoiy tarmoqlarda «Beruniy» metro bekatida ikki poyezd töqnaşgani aytilgan video tarqaldi. Toşkent metropoliteni hodisa yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Qayd etilişiça, hodisa 7 aprel kuni sodir bölgan.
«7 aprel kuni soat 8:40da, texnik sabablarga köra «Ğofur Ğulom» bekatida yölovçilar poyezddan tuşirilib, zaxiraga kelgan navbatdagi poyezdga ötkazib yuborilgan. Yölovçilar tuşirilgan poyezd boşqa poyezd yordamida şatakka olinib, «Beruniy» bekatiga olib kelingan. Uşbu vaqtda holat yölovçi tomonidan videoga olingan», deyiladi xabarda.
Kompaniya tomonidan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internetda yolğon ma'lumot tarqatganlik uçun javobgarlik borligi eslatib ötilgan.
Eslatib ötamiz, 8 aprel kuni Sergeli yerusti metrosida poyezd yarim yölda avariyaviy töxtab qolib, yölovçilar temir yöl böylab piyoda yurişga majbur bölgandi. Mart oyida esa Sergeli metrosida bir yönalişdagi ikki poyezd töqnaşib ketgandi.
Fevral oyida transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov tayinlangan edi. U bungaça tört oy vazir vazifasini vaqtinça bajaruvçi bölgan, undan oldin esa asosan kommunal sohada faoliyat yuritgan: Toşkent şahar hokimligi Binolardan foydalaniş departamenti, «Suvsoz» DUK, Toşkent şahri Hududiy kommunal foydalaniş birlaşmasi, «Özkommunxizmat» agentligi, Vazirlar Maxkamasi Kommunal soha, transport, kapital quriliş va quriliş industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti kabilarda rahbar lavozimlarida işlagan.
















