Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Hindiston imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tuzish imkoniyatini o‘rganmoqda
Joriy yil 12 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov video-konferens-aloqa orqali Hindiston temir yo‘llar, savdo va sanoat vaziri Piyush Goyal bilan muzokaralar o‘tkazdi.
2020 yil oxirida Hindiston bilan o‘zaro savdo hajmi qariyb 442 million dollarni tashkil etdi, bu 2019 yildagidan 25 foizga ko‘p. O‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ko‘rishga qiziqish bildirildi va yaqin istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.

Jumladan, ikki mamlakatning tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tuzish imkoniyatlarini baholash bo‘yicha o‘tkazilayotgan qo‘shma tadqiqot natijalarini tayyorlashni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Tegishli tuzilmalar mutaxassislari orasidan xalqaro transport yo‘laklari tizimiga integratsiyalashuvdagi tajribani o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ekspert guruhlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar O‘zbekiston transport infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish sohasida yangi loyiha va tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026
2026 yil trendi: turizm global raqobat maydoniga aylandi
10:15 / 24.04.2026