Iş hujjatlariga köra, Hasan Samatov, Şuhrat Musayev, Panji Haydarov va Maqsud Umarjonov Davlat bojxona qömitasi tizimida 2015 yilning oktyabr oyiga qadar xizmat qilib kelib, 2015 yilning oktyabr va noyabr oylarida pora oliş jinoyati bilan ayblanib qamoqqa olingan.

Tergovda ularga tazyiq ötkaziş va jismoniy kuç işlatiş yöli bilan noqonuniy dalillar töplanadi. Yakunda ular JIB Surxondaryo viloyat sudining 2016 yil 3 maydagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismida körsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, jazoga hukm qilinadi.

Oradan 3 yil ötib, JIB Surxondaryo viloyat sudi kassatsiya sudlov hay'atida jinoyat işi qayta körilib, sudning 2019 yil 24 oktyabrdagi ajrimi bilan 2016 yil 3 maydagi ayblov hukmi bekor qilinadi va sobiq bojxonaçilar JPKning 83-moddasi 1-qismiga asosan oqlanadi.

Reabilitatsiya qilingan sobiq xodimlar Davlat bojxona qömitasiga işga tiklaniş masalasida murojaat qiladi.

Qömita esa ularga işdan öz xohişlari bilan ketganliklari, qömitada buni asoslovçi özlari yozib bergan bildirgilari mavjudligini ma'lum qilib, ularni işga tiklaşni rad etadi.

Sobiq bojxonaçilar sudlarda bu bildirgilar ular tergov hibsxonasida bölgan paytida, qömita raisi nomiga «jinoiy javobgarlikka tortilgani va öz işiga noloyiqligi sababli xizmatdan böşatiş töğrisida» bildirgi yozişlarini talab qilib, tazyiq ostida sanasiz körinişda yozdirilganini va keyinçalik uşbu bildirgilar qömitaga yuborilib, ularni işdan böşatiş haqidagi buyruqqa asos qilib olingani haqida körsatma bergan.

Oqlangan sobiq bojxonaçilar JPKning 310-moddasiga asosan işga tiklaş masalasida fuqarolik işlari böyiça sudga murojaat qiladi.

Iş sudda körilib, FIB Termiz tumanlararo sudining tegişli hal qiluv qarorlariga muvofiq, sobiq xodimlarning işga tiklaş böyiça da'vosi qanoatlantiriladi hamda DBQga xodimlarni işga tiklaş va ular işdan böşatilgan kundan to hozirgaça bölgan davrni ularning mehnat stajiga qöşiş majburiyatini yuklaydi. Bunday qarorga kelişda sud JPKning 310-moddasiga tayanadi.

Jinoyat protsessual kodeksi, 310-modda: