Özbekistonga tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolar tomonidan olib kiriladigan maişiy havo tozalaş uskunalari bojxona bojidan ozod etiladi. Bu prezidentning Toşkent şahrida ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisidagi farmonida belgilangan.

Farmonda atmosfera havosining RM 2.5 zarralari bilan ifloslaniş manbalarini aniqlaş uçun Ekologiya qömitasi huzurida Atmosfera havosini çuqur örganişga qaratilgan maxsus laboratoriya taşkil qilinişi belgilangan.

Şuningdek, Uşbu maxsus laboratoriya uçun uskunalar va boşqa jihozlar, avtomatlaşgan kiçik stansiyalar (TIF TN kodi 9027), taşlamalarning avtomatik monitoring stansiyalari (TIF TN kodi 9027), avtomatik kuzatuv postlari (TIF TN kodi 9027), çang-gaz tozalaş uskunalari (TIF TN kodi 8421), lokal suv tozalaş inşootlari (TIF TN kodi 8421) hamda tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolar tomonidan maişiy havo tozalaş uskunalari (TIF TN kod 8509 80) Özbekiston hududiga olib kirilganda bojxona bojidan ozod etiladi.

Bundan taşqari, maxsus laboratoriyaga uskunalar va unga zarur bölgan jihozlar, jumladan, termik optik tahlillarni olib boriş uçun termo-optik analizator uskunasi hamda atmosfera havosi namunalarini yiğib oliş uçun 5000 dona kvars filtrlar eng yaxşi takliflarni tanlab oliş yöli bilan töğridan töğri xarid qilinadi.

Şu kunlarda Özbekistonda havo sifati yomonlaşib borayotgani ortidan, maişiy havo tozalagiçlarga talab keskin oşgandi.

Bojxona qömitasi statistikasiga köra, Özbekistonga maişiy havo tozalagiçlar importi oxirgi 3 yilda 9 barobarga oşgan. 2022 yilda bunday mahsulotlardan 2 mingta olib kirilgan bölsa, 2025 yilning ön oyida jami qiymati 1,3 mln dollarlik 18,5 mingdan oşiq havo tozalagiç import qilingan.

Ma’lumot uçun, havo tozalagiçlar (TIF TN kodi 8509) importi uçun 20 foiz, lekin har bir donasi uçun 3 dollardan kam bölmagan miqdorda import boj örnatilgan.