Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi vakilining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, fevral oyida Özbekistonda köçmas mulkka bölgan talab sezilarli darajada oşgan.

Xususan, ötgan oyda respublikada köçmas mulk oldi-sotdisi böyiça tuzilgan şartnomalar soni yanvar oyi bilan taqqoslaganda 11,5 foizga (2020 yil fevral oyiga nisbatan 19,7 foizga) köpaygan.

Köçmas mulk bozorining 30 foizdan köproğiga egalik qiluvçi Toşkent şahrida uşbu körsatkiç 10,8 foizni (2020 yil fevral oyiga nisbatan 23,7 foizni) taşkil qilgan.

Qayd etilişiça, koronavirus pandemiyasi davrida karantin çeklovlari örnatilişi sababli iqtisodiy faollik birdaniga tuşib ketgani kuzatilgan. Jumladan, aprel oyidagi lokdaun köçmas mulk oldi-sotdisining 2019 yil mos davriga nisbatan 87,1 foizga (Toşkent şahrida 94,2 foizga va Toşkent viloyatida 89,8 foizga) kamayişiga olib kelgan.

Avvalroq, PwC Uzbekistan kompaniyasining konsultatsion xizmatlar böyiça direktori Behzod Ortiqov inqiroz davrida köçmas mulkka bölgan talab va pandemiyadan keyin Özbekiston köçmas mulk bozori qanday bölişi haqida fikrlarini bildirgandi.