Islom Karimov özbek tili va adabiyoti universitetini nega oçgandi? -Şuhrat Sirojiddinov xotirasi
|14:13 / 20.04.202127 3165 min
Özbek tili va adabiyoti universiteti rektori Şuhrat Sirojiddinov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda oliygohning 2016 yilda oçiliş tarixi haqida gapirib ötdi.
Rektor bu haqda gapirarkan, birinçi prezident Islom Karimov, öşa paytda boş vazir bölgan Şavkat Mirziyoyev va özi örtasida prezident kabinetida keçgan suhbatni esga oldi.
Şuhrat Sirojiddinovga köra, prezident Karimov Özbekistonda ta'lim, til, adabiyot va madaniyat çuqur «jarlikka» tuşib qolganini yaxşi tuşungan.
«Özbek tili va adabiyoti universitetining oçilişidan oldingi voqealarni nafaqat men, balki butun xalqimiz bilişi kerak deb öylayman.
Bir kuni Islom Abduğaniyeviç men bilan Şavkat Miromonoviçni ham qabuliga çaqirgandi. Öşa paytda men Milliy universitet rektori edim. Örtamizda 2,5 soat suhbat böldi. Bu suhbatda köproq Islom Abduğaniyeviç gapirdi.
U kişi quyidagilar haqida gapirdi:
«Biz siyosatda, iqtisodda mustaqil böldik. Tinçlikni saqlaş, iqtisodni kötariş va xalqning öziga işonçini orttiriş uçun urindik. Bular birinçi navbatdagi vazifalar edi. Ammo bir narsada ortda qoldik. Bu meni juda köp qiynaydi. Buni bajarişning endi vaqti keldi.
Biz madaniyatimizni kötarişimiz kerak. Adabiyotimizni körsatişimiz kerak. Bizdagi madaniyat esa bevosita ta'lim, ilm va fan bilan boğliq.
Biz jahon xalqlari orasida öz madaniyatimizni qayta tiklaşimiz kerak».
Islom Abduğaniyeviç bu işlarni amalga oşiriş uçun birinçi navbatda til va adabiyotni rivojlantiriş kerakligini yana takrorladi. Özbek tili obröyini oşiriş haqida gapirdi.
«Biz özbek tili uçun 1989 yilda qonun qabul qilganmiz. Ammo juda köp kamçiliklarga yöl qöydik. Mana, endi vaqti keldiki, biz bu xatolarni tuzatişimiz kerak.
Buning uçun yaxşi kadrlar kerak», – dedi u kişi. Yaxşi eslayman, Islom Abduğaniyeviç bu gaplarni nihoyatda kuyunçaklik bilan gapirdi.
Öylaşimça, yoş va mustaqil davlat böliş, çetdan turli tahdidlar, millatning qaddini kötariş, iqtisodiy va boşqa katta masalalar iskanjasidan çiqib ketiş, bir tomondan uruş xavfi (Afğonistondagi notinçliklar nazarda tutilmoqda – tahr.) bilan birga bu masalalarni ham Islom Abduğaniyeviç juda yaxşi tuşungan.
Öşa suhbatda Islom Karimov kadrlar muammosi va ta'limning ortda qolib ketganini aytdi. Til va savodxonlik muammolari ham ta'kidlandi. U kişi bu ortda qolişning sabablarini ham tuşuntirib berdi. Ya'ni hammasi aylanib, davr murakkabliklariga boğlandi.
Mavzuga oid
«Kadrlar tayyorlaşimiz kerak. Bizga yangi avlod kerak. Tilning fidoyilari, tilni, adabiyotni tuşunadiganlar kerak. Til va adabiyotini bilmagan inson qanday qilib madaniyatini kötaradi?» – dedi Islom Karimov.
U kişi öşa davrning kadrlaridan qoniqmagan. Albatta, qoniqmagan. Çunki xalqimiz ham biladi, öşa davrlarda ta'limdan sifat ketdi. Savodsizlik urçidi. Özbek tili va adabiyoti fani universitetlardan deyarli olib taşlandi. Heç kim kitob öqimay qöydi. Tilga e'tibor susayib ketdi. Ma'naviyat işlari quruq nazariyaga aylanib qoldi. Amaliyotda esa xöjakörsinga bölaverdi.
Bularning hammasi borib-borib boşqa xalqlardan farqli madaniyatga e'tiborsizlikka olib keldi. Islom Karimov şular haqida gapirib, bizga vazifalar berdi.
Birinçi prezident şu suhbatda universitetni «Til va adabiyot deb nomlaymiz va bu albatta Alişer Navoiy nomi bilan boğlanişi kerak. Çunki Alişer Navoiy turkiy til imkoniyatlarini butun dunyoga körsatib bergan», – dedi.
U kişi mendan «turkiy til bilan turk tilining farqini bilasizmi?» – deb sörab ham qöydilar.
Öşa paytda Alişer Navoiy nomi Samarqand davlat universitetida edi.
Islom Abduğaniyeviç menga: «Mana, siz Milliy universitetda rektorsiz, bu universitet endi nanotexnologiyalar bilan rivojlanadi. Millat masalalari, milliy masalalar bu universitetda örganiladi, rivojlantiriladi», – dedi.
Şuning uçun ham Özbek tili va adabiyoti universiteti – millat universiteti. Milliy universitet şu bölişi kerak, aslida.
Birinçi prezident suhbat davomida til, adabiyot, tarix va falsafa masalalarini ham juda kuyunçaklik bilan kötardi. Bu işlar til va adabiyotdan boşlanişi kerakligini aytdi», – deydi Şuhrat Sirojiddinov.