Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Yoşlar işlari agentligining muvofiq röyxatda körsatilgan hududlarda yoşlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (Yoşlar sanoat zonalari)ni taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanadi.

Taşkil etilayotgan Yoşlar sanoat zonalarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

  • yoşlarga tadbirkorlik faoliyatini boşlaşi va yuritişlari uçun Yoşlar sanoat zonalari hududida işlab çiqariş maydonlari taqdim etiş orqali ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qiliş;
  • yoşlarga ularning sanoat va xizmat körsatiş yönalişidagi loyihalari, taşabbuslari va ğoyalari amalga oşirilişida kömaklaşiş va qulay şart-şaroitlar yaratiş;
  • “startaplar” taşkil etiş maqsadida biznes-inkubator vazifalarini amalga oşiriş, yoş tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini barqaror rivojlantiriş va raqobatbardoşligini oşiriş;
  • yoşlarga öz innovatsion işlanmalarini işlab çiqariş jarayoniga joriy etiş va natijalarini tijoratlaştiriş, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini örnatiş borasida amaliy yordam körsatiş;
  • band bölmagan, şu jumladan “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarni iş bilan ta'minlaş va ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oşiriş. 

Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari bilan birgalikda:

  • keltirilgan röyxatdagi 77ta Yoşlar sanoat zonalari – 2021 yil 1 sentyabrgaça;
  • qolgan barça Yoşlar sanoat zonalari – 2022 yil 1 yanvargaça töliq işga tuşirilişini ta'minlaydi.

Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Yoş tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etiladi.

Jamğarma mablağlarini şakllantiriş manbalari etib quyidagilar belgilanadi:

  • Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi mablağlari hisobidan qaytarmaslik şarti bilan ajratiladigan 100 million AQŞ dollari;
  • xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya taşkilotlari, xorijiy banklar va xususiy moliya kompaniyalarining qarzlari;
  • Jamğarmaning böş turgan mablağlarini tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylaştirişdan tuşadigan daromadlar;
  • qonunçilik hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.

Quyidagilar Jamğarma mablağlaridan foydalanişning asosiy yönalişlari etib belgilanadi:

  • taşqi bozorlarda talab yuqori bölgan va importning örnini bosuvçi, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş böyiça zamonaviy işlab çiqarişlarni taşkil etiş hamda xizmatlar körsatiş sohasidagi loyihalarni moliyalaştiriş;
  • meva-sabzavot va qişloq xöjaligi mahsulotlarini çuqur qayta işlaş, saqlaş va qadoqlaş, töqimaçilik, poyabzal va çarm-galantereya, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, maşinasozlik, zamonaviy quriliş materiallari, hunarmandçilik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalaridagi loyihalarni moliyalaştiriş va boşqa yönalişlarda yangi zamonaviy işlab çiqarişlarni taşkil etiş;
  • mahalliy xomaşyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini örnatiş hamda yuqori texnologiyali mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş jarayonlarini çuqurlaştiriş sohasidagi loyihalarni moliyalaştiriş.

Yoşlar sanoat zonalari hududida maydoni 1000 kvadrat metrgaça bölgan yer uçastkalari, istisno tariqasida, elektron auksion savdosi ötkazmasdan, xalq deputatlari tuman (şahar) Kengaşlarining qarori bilan ajratiladi. Bunda, böş bino va inşootlar (davlat köçmas mulk obektlari) şartnoma asosida har yili Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan davlat köçmas mulkidan foydalanganlik uçun belgilanadigan ijara tölovining eng kam miqdoridan oşmagan stavkalarida ijaraga beriladi.