OpenAI va Massaçusets texnologiya instituti tadqiqotçilari ChatGPT bilan muntazam muloqot qiliş odamlar bilan kam suhbatlaşişga va yolğizlik hissini kuçaytirişga olib kelişi mumkinligini aniqladi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Tajribalardan birida olimlar bir oy mobaynida ÇatGPT’dan foydalanuvçi 1000 ga yaqin kişini kuzatdi. Ularga har kuni kamida beş daqiqa davomida çat-botning matnli yoki ovozli versiyasi bilan muloqot qiliş taklif etildi.
Natijalar quyidagiça böldi:
- inson ÇatGPT’dan qançalik köp foydalansa, unga şunçalik köproq boğlanib qoladi;
- sun’iy intellektga bölgan işonçning yuqoriligi yolğizlik tuyğusi va texnologiyaga qaramlikni keltirib çiqaradi;
- botning ovozi hissiy boğliqlik darajasiga ta’sir körsatmaydi.
Ikkinçi tadqiqotda ChatGPT bilan olib borilgan 3 million suhbat örganilib, sörovnoma ötkazildi. Natijalar şuni körsatdiki, foydalanuvçilarning juda kam qismi sun’iy intellekt bilan muhim şaxsiy mavzularni muhokama qilgan.
2022 yilda ChatGPT işga tuşirilganidan beri generativ sun’iy intellektning ommaviyligi keskin oşdi. Dasturçilar muloqotni yanada tabiiyroq qiladigan ovozli funksiyalarni joriy etmoqda. Olimlarning fikriça, bu holat parasotsial aloqalarning şakllanişiga olib kelişi mumkin, bunda foydalanuvçi çat-botni jonli suhbatdoş sifatida qabul qiladi.
Psixologlar sun’iy intellekt bilan muloqotning, ayniqsa yoşlar va ruhiy qiyinçiliklarni boşdan keçirayotgan şaxslarga ta’siri haqida xavotir bildirmoqda. OpenAI bu masalani örganişni davom ettirmoqda, biroq hozirça xulosa çiqarişga erta.
“Tadqiqotimiz ÇatGPT’dan foydalaniş bevosita yolğizlikni keltirib çiqarişini isbotlamaydi”, — deb ta’kidlaydi Massaçusets texnologiya instituti aspiranti Keti Men’in Fang. “Biz sun’iy intellektdan faol foydalanadigan kişilar bilan uni işlatmaydigan odamlarni taqqoslab körmadik”.
Çat-bot qaramlikka olib keladimi yoki yolğiz odamlar unga köproq murojaat qiladimi, hozirça noma’lum.
















