Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya korporatsiyasi O‘zbekistonda maxsus sanoat zonasini tashkil qiladi
O‘zbekiston elchixonasida MMC Corporation korporatsiyasining Strategiya va investitsiya masalalari bo‘yicha direktori Najib Ramli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Najib Ramli korporatsiya bosh direktori Che Xalibning Kuala-Lumpurda o‘tkazilgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Malayziya biznes-forumi yakunida davlatimiz rahbari bilan muloqoti respublikada aniq loyihalarni amalga oshirish uchun muhim turtki bo‘lganligini ma’lum qildi.
Jumladan, korporatsiya respublikada O‘zbekiston-Malayziya sanoat zonasini tashkil etish va boshqarishni rejalashtirmoqda.
Malayziya tomoniga O‘zbekiston-Malayziya sanoat zonasini joylashtirish uchun yer maydoni va uning birlamchi infratuzilma bilan ta’minlanganlik holati to‘g‘risida taqdimot qilindi.
Shuningdek, mamlakatdagi maxsus sanoat zonalari turlari, ularda investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Korporatsiya vakili O‘zbekiston-Malayziya sanoat zonasini tashkil etish imkoniyatlarini batafsil o‘rganish uchun yaqin kunlarda mutaxassislardan iborat ishchi guruhni O‘zbekistonga tashrif buyurishni ma’lum qildi.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026