Oliy Majlisning Bola huquqlari böyiça vakili (Bolalar ombudsmani) özining xorijiy hamkasbi — Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmaniga yuborgan sörovida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda Özbekistonga qaytariş çoralari körilayotgani, Özbekiston mas’ul idoralari tomonidan bolalarni vatanga qaytarilgunga qadar, ularni hozirda RFda yaşab turgan hududlaridan keltirib, Moskva şahridagi bolalar muassasalarida vaqtinça joylaştirilişida tezkor amaliy yordam söradi.
Özbekiston Bolalar ombudsmani söroviga köra, RF Bola huquqlari böyiça vakili tezkor çoralari natijasida mazkur masalada zarur kömak körsatildi va bolalar joylaşgan hududlardan (Sankt-Peterburg şahri, Vladimir, Astraxan, Volgograd, Irkutsk, Ulyanovsk, Çelyabinsk viloyatlari hamda Xabarovsk ölkasidan) keltirilib, Moskva şahridagi voyaga yetmaganlar uçun «Altufevo» markaziga joylaştirildi va barça zaruriy şaroitlar bilan ta’minlandi.
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari yölidagi tezkor hamkorligi uçun RF Bolalar ombudsmaniga öz minnatdorligini bildirdi va özaro konstruktiv hamkorligini davom ettirişini ta’kidladi.

















