Rossiyada «Dobrokor» köngilli bölinmalari tarkibida Ukrainaga qarşi uruşga yollanma askarlarni yuborişning yangi sxemasi amal qilmoqda. Bu haqdagi ma’lumot «Sistema» suriştiruv loyihasi tomonidan e’lon qilindi.

Yangi «Dobrovolçeskiy korpus» tuzilmasi 2023 yilda «Redut» xususiy harbiy kompaniyasi» negizida taşkil etilgan. Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlari Boş ştabining Boş boşqarmasi kurator va moliyaviy markaz sifatida işlaydi.

Yangi sxema böyiça yollaş «Svyatoy Georgiy» brigadasi va «Don» kazaklar tuzilmasini öz içiga olgan 27 ta bölinmada amalga oşirilyapti.

Suriştiruvçilar ma’lumotlariga köra, «Dobrovolçeskiy korpus» ning asosiy kuratori Boş ştab Boş boşqarmasi boşliği örinbosari, general-leytenant Vladimir Alekseyevdir.

Bölinmalar frontning deyarli barça yönalişlarida: Xarkiv, Donetsk, Luxansk, Zaporijjya, Xersonda jang qilmoqda. Ular Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatidagi janglarda ham qatnaşgan.

Yangi sxema böyiça uruşga 18 yoşdan 55 yoşgaça bölgan erkaklar va 18 yoşdan 45 yoşgaça bölgan ayollar (tibbiy otryadlarga) yuborilişi mumkin. Öquv poligonidagi maşğulotlar 10 kundan ikki haftagaça davom etadi. Şartnomaning minimal muddati — olti oy, şuningdek, sakkiz oy va bir yil muddatga şartnoma tuziş imkoniyati mavjud. Muddat tugagandan söng, şartnoma uzaytirilişi yoki uyga qaytiş mumkin. «Köngilli» «jangovar harakatlar faxriysi» maqomiga da’vo qiliş huquqiga ega.