Koronavirus kamida 2026 yilgaça jiddiy xavf bölib qolişi mumkin. Bunday xulosaga Scientific Advisory Group for Emergencies (SAGE) mutaxassislari kelişdi.
“SARS-CoV-2 kamida keyingi 5 yil davomida soğliqni saqlaş tizimiga xavf bölib qoladi va emlaş hamda ma'lumotlarni monitoring qiliş yordamida faol nazoratni talab qilib qoladi”, deb aytilgan taşkilotda.
Ekspertlarning fikriça, uşbu muddat emlaş va kasallikning tarqalişini uşlab turiş böyiça çoralar yetarliça samarali bölmasa, yanada çözilişi mumkin.
Bundan taşqari, britaniyalik olimlar Britaniyada Yevropaning qolgan qismiga nisbatan koronavirus bilan kasallaniş holatlari köpayişi bilan boğliq vaziyat barqarorlaşganini aytgan. Ularning fikriça, bunga katta kölamli emlaş kampaniyasi evaziga erişilgan.
Şu bilan birga, turli davlatlar mutaxassislari koronavirusning yangi tölqini yuz berişi mumkinligini istisno etişmayapti. Bu Botsvana va JARda 20 noyabrda virusning yangi ştammi aniqlangani bilan boğlangan. Olimlar “omikron” deb atalgan uşbu ştamm yuqori darajada yuquvçan va vaksinalarga bardoşli ekanini aytmoqda.
Avvalroq JSST uşbu ştammni “xavotirli” deb topgan va uni grek alifbosining 15-harfi – “omikron” bilan belgilagan. Ayni vaqtda uşbu ştamm dunyoning 40 taga yaqin davlatida qayd qilingan.

















