Özbekistonda 2020 yilda 6982 ta YTH sodir bölgani qayd etildi. YTHlar oqibatida vafot etganlar soni esa 1962 nafar kişini taşkil etdi.

1962 nafar yurtdoşimiz özgalar yoki özining xatosi qurboni bölgan.

Yöl harakati qoidalarini kiprik qoqmay yoki qoqib buziş oddiy hol bölib qoldi. Nega qoida buzamiz? Qayerga şoşamiz?

Töğri, yöllarning sifati qoniqarsiz, «yamalar» köp, çiziqlar yaxşi çizilmagan, yöl belgilari notöğri örnatilgan... Bular «avariya»larga sabab böladi, biroq doim emas. Tezlikni oşiriş, harakatning qarama-qarşi yönalişiga çiqiş yoki svetoforning qizil çiroğiga ötişga sizni heç kim va heç narsa majbur qilolmaydi.

«Xotinimni tuğuruqxonaga olib ketayotgandim». «Bolam kasal edi...» Ha, bunaqa paytlar ham böladi – insonmiz, tezlikni oşiramiz. Biroq heç bir sababsiz tezlikni oşirişimizni nima bilan izohlaymiz? Xotin har oyda tuğmaydi, bola har hafta kasal bölmaydi! Oyoğimiz gaz pedalini bosayotganda özgalarning hayoti, soğligi yodimizga tuşadimi?

Kabinamiz taşqarisidagi yoş-u qarining örniga öz jigarlarimizni qöyib köramizmi? Har gal şunday qilganimizda, gazni öylabroq bosar edik.

Biz haydovçilar temir maşina içidamiz – himoyalanganmiz, piyoda esa...

Şuni doim hisobga olaylik. Piyodaga «prava» berilmaydi – har kim piyoda bölişi mumkin: keksayib qolganlar ham, nogironlar ham, yoş bolalar ham. Biz haydovçilarga esa «prava» – huquq beriladi, avval sinab, keyin beriladi, «Mana, senga huquq berildi, özgalarning umriga, soğligiga ehtiyot böl» degandek.

Huquqni suiiste'mol qilmaylik!

Şikast yetgan mulkini-ku tiklab yo qoplab berarsiz, salomatligini-çi? Umrini-çi? Uzr söraş yo tazarru qiliş tanadagi yaralarga, qalbdagi jarohatlarga malham böla olarmikan?

Qolaversa, qoidabuzarning ham mulki va hayoti xavf ostida qolişi mumkin!