Jahon | 23:33 / 30.04.2021
6059
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada migrant quruvchilarni hisobga olish uchun ID-kod tizimini joriy etish taklif qilinmoqda

Ekspertlarning fikricha, bu qurilish sohasini shaffoflashtirishga yordam beradi, ammo buning uchun shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga ruxsat olishga to‘g‘ri keladi.

Foto: RIA Novosti

Rossiyadagi qurilish maydonlarida ishlagani keluvchi migrantlar uchun identifikatsiya tizimini joriy etish taklif qilindi. Bu haqda NOSTROY quruvchilar milliy birlashmasi prezidenti Anton Glushkov ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat ushbu taklifni muhokama qilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bu qurilish sohasini shaffoflashtirishga yordam beradi, ammo buning uchun shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga ruxsat olishga to‘g‘ri keladi.

Glushkovning aytishicha, hozirda Rossiyada tartib o‘rnatish va mehnat migrantlarini hisobga qo‘yish zarur.

Ta'kidlanishicha, migrantlar qurilish maydonida qonuniy ishlayotganini tasdiqlovchi ID-kod olishsa yaxshi bo‘ladi.

Individual kod orqali ishga joylashmoqchi bo‘lgan da'vogarga oid barcha ma'lumotlar: pasport ma'lumotlari, malakasi, ma'lumoti, tibbiy tekshiruv natijalari va boshqa axborotni bilish mumkin.

Raqamlashtirish vazirligi bu borada hech qanday izoh bermagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid