Sardoba fojiasiga 1 yil: Xotiralar, özgarişlar va oqibat
|22:54 / 30.04.202143 4917 min
«Asr qurilişi» deya e'tirof etilgan Sirdaryodagi «Sardoba» suv omborida röy bergan «asr öpirilişi»ga 1 may kuni 1 yil töldi.
Kun.uz muxbiri Sardoba tumanida bölib, suv omborini qayta quriş işlari bilan tanişdi, yaqin atrofdagi qişloq, maktablarda bölib, odamlar bilan öşa kun xotiralari hamda toşqin oqibatlari haqida suhbatlaşdi.
Bugun işçilar va köplab texnikalar yordamida suv omborining suv yuvib ketgan qismida qayta quriş işlari davom etmoqda.
Sardobaliklar bir yil avvalgi öşa mudhiş kun tongini hamon qörquv bilan eslaydi.
«Har kuni ertalab soat 5 da uyğonamiz. Sardoba öpirilgan kuni ham erta uyğonib, hovlida aylanib yurgandim.
Bir payt darvozani kimdir juda qattiq ura boşladi. Şunçalik urardiki, u odamni kim bölsa ham sökmoqçi bölib, darvozaga qarab yurdim. Davozani oçsam, qöşnimizning bolasi ekan. «Bobo, suv kelyapti, suv ombori toşibdi», –deydi.
Bolaning öpkasi yiğidan tölib qolganmi, gapirişga ham qiynalardi.
Bu vaqtda bolalar uyda uxlab yotardi. Tezda ularni uyğotdim. Oyoğimizga, yelkamizga nima ilinsa, oldig-u, köçaga qarab çopdik. Kampirim bilan pasportimizni ham olişga ulgurgan ekanmiz.
Köçaga çiqsak, suv toşqinidan xabar topgan hamma yugurardi. Odamlar töğri kelgan maşinaga osilişyapti. Yana kimdir eşak aravada, boşqasi piyoda yuguryapti.
12-13 km. yugurib, xalq tilida 7-sovxozga yetdik. Köpçilik şu tomonga yiğildi. Şu yerda köpçilik yana har tomonga yurdi.
Biz ham Jizzaxning Paxtakor tumanida yaşovçi öğillarimning uyiga ketdik», – deya 1 may xotiralarini eslaydi Baxtiyor Narimonov ismli fuqaro.
U, şuningdek, öşa kunni qayta eslaşni xohlamasligi, bolalari, nabiralari suv toşqini videolarini körsatsa, körmasligini ham qöşimça qildi.
«Biz uçun bu jiddiy jarohat böldi», – deydi Baxtiyor Narimonov.
2010 yilda boşlanib, 2017 yilda qurilişi yakuniga yetgan sum omborining 3 yil ötmay buzilib ketişi oqibatida viloyatning 3ta tumani hududi jiddiy zarar kördi.
Mavzuga oid
Binolar, yöllar, kommunikatsiyalar vayron böldi. Uçta tumandagi 22 ta qişloqdan 60 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi. 6 mingdan ziyod uy hayvonlari nobud böldi.
Sardoba falokatida 2 ayol va 4 erkak ham halok bölgan. Bir fuqaro esa bedarak ketgan.
Halok bölganlar orasida Milliy gvardiyaning 3-darajali serjanti Husniddin Suyarov ham bor edi. U suv toşqinida odamlarni evakuatsiya qiliş jarayonida oqib ketgan…
Husniddin Suyarov
Husniddinning otasi Zokir Suyarov öğli bilan xayrlaşgan sönggi kunni şunday eslaydi:
«Ötgan yili şu paytlarda koronavirus tarqalgani sababli, karantin e'lon qilingandi. Hamma uyda.
Öğlim şu voqeadan 1 hafta avval taksi bilan uyga kelib ketgandi. Röza oylari bölgani uçun bizga deb bozorliklar ham qilgan ekan. Uyda 1 soatça biz bilan gaplaşdi. Keyin xayrlaşib ketdi. Şu oxirgi körganim böldi», – deydi ota.
Husniddinning otasi Zokir Suyarov
Unga köra, Husniddin köngli oçiq, xuşçaqçaq yigit bölgan. Odamlarning könglini qoldirişni istamagan.
Texnogen ofat nafaqat Özbekiston, balki qöşni Qozoğistondagi odamlarning ham tinçini buzdi. Jumladan, bu davlatda 31 mingdan ziyod aholi turar joyini tark etişga majbur böldi.
Ötgan bir yilda esa, Sardobaning suvi ostida qolgan qişloqlar körinişi butunlay özgardi. Odamlar kompensatsiya sifatida qurib berilgan yangi uylarga köçirildi.
«Yangi uylarga ança könikib qoldik», – deydi Anvar isli fuqaro.
U, şuningdek, ofat paytida butun özbekistonliklar va xorijliklardan yordam yuklari: oziq-ovqat, kiyim-keçaklar yuborib turgani uçun minnatdorçiligini bildirdi.
«Xatto hozir ham öşa kiyimlarni kiyayapmiz», – deydi suhbatdoşimiz.
Toşqindan avval bu hudud aholisi tabiiy gaz va tez-tez öçadigan elektrdan qiynalgan. Bugun bu muammo ularni bezovta qilmaydi. Hududda yaxşi infratuzilma yaratilgan.
«Hozirgi şaroitlardan rozimiz. Hukumatga, prezidentga rahmat. Bizga uydan taşqari yana 40 mln. sömdan pul ham berişdi», – deydi Aliqözi ismli yana bir fuqaro.
Ammo bir muammo ham bor: hozir bu yerdagilar işsiz. «Uyimiz atrofida işlab çiqariş korxonalari bölsaydi, hamma iş bilan band bölardi», deydi, köp qavatli uylardan birida yaşovçi fuqarolar.
Hududda maktablar ham qayta tiklanar ekan, bolalar yana darslarga qaytdi.
«Toşqindan keyin maktabimizni yaxşilab ta'mirlab berişdi. Maktab içi qişda issiq, hozirgi issiq kunlarda esa salqin. Avval maktabimizda gaz yöq edi, gaz keldi, suv yöq edi, suv keldi deydi», – tumandagi 20 maktab direktori Ğafur Abdurahimov.
Işsizlik toşqindan jabr körganlar uçun yagona muammo emas.
Mahalliy aholiga köra, suv yuvgan joylarda ortib ketgan şör natijasida yerda ekin kökartirib bölmayapti.
«Bizning qişloqni suv bosgandi. Boşqa qişloqlarni körsak, yam-yaşil maysa ösib yotibdi ammo bizda ekin ösmayapti. Kelgan suv yerning bir qavat şirasini, unumdor qatlamini ham olib ketgan, deb öylayman.
Hovlimizda örik, şaftoli kabi mevali daraxtlar bölardi, hozir hammasi qurib ketgan», deydi Qurol ismli mahalliy aholi vakillaridan biri.
Sardoba voqeasining haqiqiy aybdorlari topilib, jazolanişi böyiça mamlakat içida va taşqarisida turliça fikrlar bor.
Prezident Şavkat Mirziyoyev esa bu holatdan xalq köngli töq bölişi kerakligini aytgan.
«Xalqimizni işontirib aytaman, tergov yakunlari böyiça barça aybdorlar, kim bölişi va egallab turgan lavozimidan qat'i nazar, qonun oldida javob beradi», degan u.
Ayni paytda Sardobadagi suv toşqini oqibatlari böyiça sud işi Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay'atida körilyapti.
Sudlanuvçilar 17 kişi ekanligi ma'lum qilingan.
Işning yopiq sudda körilişi esa, uning «bevosita davlat sirlariga boğliqligi» bilan izohlangan.
Nima bölganda ham, Sardoba falokati köplab odamlar uçun bitmas jarohat, unutib bölmas voqelik bölib qoladi.
Ilyos Safarov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi: Otaxon Yusupov.