Xalqaro aeroportlarning ijro etuvchi organi vakolatlari «Uzbekistan Airports»ga berildi
Prezident “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
2021–2022 yillarda “Uzbekistan Airways” AJ va “Uzbekistan Airports” AJda transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” tasdiqlandi.
Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar xalqaro aeroportlarning ijro etuvchi organi vakolatlarini, istisno tariqasida, shartnoma asosida “Uzbekistan Airports” AJga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Moliya vazirligi bir oy muddatda “Uzbekistan Airports” AJ va xalqaro aeroportlarning ijro etuvchi organlari o‘rtasida xalqaro aeroportlarni haq evaziga boshqarish to‘g‘risidagi shartnomalarning tuzilishini va ichki hujjatlarga zarur o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlaydi. Bunda, boshqaruvchining quyidagi asosiy vazifalari nazarda tutiladi:
aeroportlarni rivojlantirish yagona strategiyasi va korporativ siyosatni amalga oshirish, aeroportlar faoliyatiga metodologik rahbarlik qilish;
moliyaviy oqimlarni jamlash, pul mablag‘laridan samarali foydalanish, tannarxni pasaytirish va sof foydani tasarruf etish hamda xaridlarni markazlashtirilgan holda amalga oshirish;
xalqaro aeroportlarning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish tartibini (vakolatlar chegaralarini) “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan belgilash.
Belgilanishicha, “Uzbekistan Airports” AJ va uning tarkibidagi xalqaro aeroportlar 2021 yil 1 maydan 3 yil muddatga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘ining belgilangan stavkasi 50 foizgacha kamaytiriladi.
Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uch oy muddatda “Uzbekistan Airports” AJ tarkibidagi xalqaro aeroportlar bilan davlat mulki hisoblangan aerodromlar infratuzilmasidan beg‘araz foydalanish to‘g‘risida shartnomalar tuzadi. Bunda, shartnomalarda aerodrom infratuzilmasini saqlash, kapital va joriy ta’mirlash shartlari nazarda tutiladi.
Tasarruf etish huquqisiz berilgan mol-mulk aeroport aktivlaridan ajratilgan holda, balansdan tashqari aks ettirilishi hamda mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha soliq bazasiga kiritilmasligi, shuningdek, amortizatsiya ajratmalari hisoblanmasligi ma’lumot uchun qabul qilingan.
Aeroportlarning aerodrom komplekslarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari Davlat budjeti hisobidan amalga oshirilishi, shuningdek, Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, ushbu ishlarga sarflangan “Uzbekistan Airports” AJning mablag‘lari Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilinishi belgilandi.
Moliya vazirligi bir oy muddatda “Uzbekistan Airways” AJga ajratilgan 40 mln AQSh dollari miqdoridagi foizsiz budjet ssudasi mablag‘larining 2022 yil 10 maydan boshlab qaytarilishini ko‘zda tutgan holda, uni qaytarish muddatini 2024 yil 10 fevralga qadar uzaytiradi.
“O‘zmilliybank” AJ, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bir oy muddatda “Uzbekistan airways” AJning mos ravishda 895 mlrd so‘m va 77,73 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan kreditlarni qoplash grafiklarini, 2021–2023 yil uchun qarzdorlik (asosiy qarz va foiz) to‘lovlarini to‘xtatgan holda, qayta ko‘rib chiqadi.
Moliya vazirligi qarorning mazkur bandi talablaridan kelib chiqib, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan kredit majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va “O‘zmilliybank” AJga berilgan davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtiradi.
Mavzuga oid
12:37 / 14.12.2024
Fuqaro aviatsiyasi tarixidagi eng yirik halokatlar
12:22 / 08.12.2024
Ikki xil munosabat ostida qolgan aviaspotterlar: ularga yaratilayotgan imkoniyatlar va muammolar
20:59 / 26.11.2024
Prezidentga transport sohasidagi transformatsiya jarayonlari taqdim etildi
12:17 / 18.11.2024