Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev yana Sadir Japarov bilan telefonlashdi
1 may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbatda kuni kecha o‘tgan muloqotlar davomi sifatida ikki davlat rahbarlari Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qildi.
O‘z vaqtida ko‘rilgan va o‘zaro muvofiqlashgan sa'y-harakatlar tufayli davlat chegarasi qismidagi vaziyatni barqarorlashtirishga erishilgani va uning keskinlashishiga yo‘l qo‘yilmagani katta mamnuniyat bilan qayd etildi, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha masalalarni birodar mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida konstruktiv va ishonchga asoslangan muloqot orqali birgalikda hal qilish borasida qat'iy ekanliklarini yana bir bor ta'kidlagani aytiladi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilgandi.
Prezidentlar Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni va uni tez fursatda hal qilishni muhokama qildi.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026