Şavkat Mirziyoyev bugun, 30 aprel kuni Tojikiston va Qirğiziston prezidentlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Özbekiston prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqotda davlat rahbarlari Tojikiston-Qirğiziston çegarasidagi vaziyatning rivojlanişini muhokama qildi.
Özbekiston prezidenti yuzaga kelgan vaziyatni tez fursatda hal qiliş va uning keskinlaşuviga yöl qöymaslik böyiça Tojikiston va Qirğiziston tomonlari erişgan kelişuvlarni qöllab-quvvatladi.
Mavjud barça masalalar döstlik, yaxşi qöşniçilik va şeriklik munosabatlari ruhida, faqat muzokaralar va maslahatlaşuvlar yöli bilan hal qiliniş muhim ekani ta'kidlandi.
Tojikistonga bölajak oliy darajadagi taşrifga tayyorgarlikning borişi ham körib çiqildi. Mamlakatlar boş vazirlari ötgan hafta Xöjand şahrida ötkazgan amaliy uçraşuvning samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Özbekiston va Tojikiston örtasida uzoq muddatli istiqbolga möljallangan keng kölamli hamkorlikning yangi “ösiş nuqtalari”ni birgalikda aniqlaş muhimligi alohida ta'kidlandi.
Şuningdek, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqotda mintaqaviy hamkorlik va ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar körib çiqildi.
Prezidentlar Qirğiziston-Tojikiston çegarasida yuzaga kelgan vaziyatni va uni tez fursatda hal qilişni muhokama qildi. Qirğiziston va Tojikiston tomonlari vaziyatni barqarorlaştiriş va uning yanada keskinlaşişiga yöl qöymaslikka qaratilgan kelişuvlarga erişgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yuzaga kelayotgan barça bahsli masalalar köp asrlik döstlik, yaxşi qöşniçilik, işonç va şeriklik ruhidagi muloqot asosida hal qilinişi zarur ekani ta'kidlandi.
Davlat rahbarlari joriy yil mart oyida Toşkent şahrida ötgan sammit yakunida qabul qilingan qöşma qaror va kelişuvlarni amalga oşiriş masalalariga alohida töxtaldilar.
Qabul qilingan majburiyatlarni sözsiz bajariş va ustuvor loyihalarni ilgari suriş maqsadida faol almaşinuvlarni davom ettiriş va hamkorlikni kengaytiriş muhimligi qayd etildi.
Bundan oldin, Qirğiziston Tojikiston bilan çegaradagi mojaroda 13 fuqarosi halok bölganini ma'lum qilgani xabar berilgandi.













