Jahon | 23:36 / 03.05.2021
4970
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshda katerning barja bilan to‘qnashuvi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi

Bangladeshning Padma daryosida tezyurar katerning qum ortilgan barja bilan to‘qnashuvi oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘ldi.

Foto: Abdul Goni/AP Photo

France24 nashrining xabar berishicha, kater to‘qnashuvdan keyin sanoqli daqiqalar ichida cho‘kib ketgan. Mahalliy huquq-tartibot idoralarining xabar qilishicha, qutqaruvchilar 26 jasad topishgan. 5 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan.

 Halokat yuz bergan joyda mamlakatdagi eng yirik ko‘prik qurilmoqda. Bu esa daryo bo‘ylab harakatni qiyinlashtirgan. Shu sababli ko‘plab odamlar xavfsizligi pastroq bo‘lgan tezyurar katerlardan foydalanmoqda. Ularda daryoning narigi qirg‘og‘iga yo‘l 15 daqiqa, xavfsizroq bo‘lgan paromlarda esa 2 soat vaqt oladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid