10:12 / 03.05.2021
22351

Koronavirus: O‘zbekistonda jami kasallanish holatlari soni 92 mingdan oshdi 

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda yana 400ga yaqin yangi holat qayd etilib, bir bemor vafot etgani, ayni vaqtda shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 3400ga yaqinlashgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 2 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 92006 (+363) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Jizzax viloyatida,
  • 8 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 46 nafari Samarqand viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 74 nafari Toshkent viloyatida,
  • 188 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qashqadaryo viloyatida 4 nafar,
  • Samarqand viloyatida 79 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 8 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 6 nafar,
  • Toshkent viloyatida 48 nafar,
  • Toshkent shahrida 192 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 87965 (+337) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 653 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3388 nafar bemor davolanmoqda.

Top